143
ing mamlakat ravnaqidagi rolini to`g`ri tushundi. Sof bozor iqtisodiyoti-
dagi mashhur laissez faire, laissez passer (bu tamoyilga ko`ra, iqtisodiyot
davlat aralashuvisiz rivojlanishi kerak) tamoyili birinchi bor shu
tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan degan fikr bor. U boshqalar qatori
hunarmandchilikdagi sex cheklashlariga qarshi chiqdi, erkin raqobatni
qo`llab-quvvatladi.
A.Turgo
V.Gurne (u 1759 yilda vafot etdi) bilan F.Kenye xuzurida
ko`p bo`lgan, u ular bilan asosiy masalalarda maslakdosh bo`lsa ham, ko`p
sohalarda boshqacha fikr yuritar edi. A.Turgo Parijda A.Smit bilan ham
uchrashgan.
A.Turgoning iqtisodiy qarashlari uning
1766 yilda yozilgan (1769-1770 yillarda chop
etilgan)
"Boylikning
paydo
bo`lishi
va
taqsimlanishi to`g`risidagi mulohazalar" asarida
nisbatan to`la yoritilgan. U Kenye fikrlarini faqat
targ`ibot qilish bilan cheklanmadi, uni rivojlantirdi.
U kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini
ancha chuqur tushundi, feodalizmni islohotlar
o`tkazish yo`li bilan yaxshilash mumkin degan
fikrga ishonmadi (Kenye ishongan), kapitalizm
feodalizm kobig`ida vujudga keladi va g`alaba
qiladi degan g`oyani ilgari surdi.
Bu kitob aslida Parijga o`qishga kelgan ikki xitoylik uchun darslik
sifatida yozilgan va 100 ta aniq tezisdan iborat (V.Petti uslubi), ammo ba'zi
qoidalar aksioma (isbot talab etmaydigan qoida)dan iborat. Bu iqtisodiy
teoremalar aniq uch qismga bo`linadi. 31 ta tezis (teorema) fiziokratik
g`oyalar majmuidan iborat (ustoz F.Kenyening ta'siri). Ammo "sof mahsu-
lot" nazariyasi F.Kenyedan boshqacharoq talqin etiladi, aslini olganda bu
yerda qo`shimcha qiymat haqida gap boradi va bu mahsulot tabiatning sof
in'omidan dehqon mehnati bilan yuzaga keladigan ortiqcha mahsulot sifa-
tida qaraladi hamda asosiy ishlab chiqarish vositasi bo`lgan yer egasi to-
monidan o`zlashtiriladi.
Keyingi 17 ta teorema qiymat, baho va pulga bag`ishlangan.
A.Turgoning bu sohadagi fikrlari o`ziga xos xarakterga ega va qiymatning
mehnat nazariyasidan ancha yiroq. Uningcha almashuv qiymati va tovarn-
ing bahosi tovarlar nisbati, almashuvda ishtirok etayotgan shaxslar, sotu-
vchi va oluvchi istagining intensivligi bilan aniqlanadi (marjinalistik
talqin). Ammo, A.Turgoning bu g`oyasi uning ta'limotiga hech ham mos
kelmas edi.
Dostları ilə paylaş: