Iqtisodiy talimot doc


Asosiy tushuncha va iboralar



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Asosiy tushuncha va iboralar 
Rikardo; nisbiy afzallik prinsipi; diferensial renta; fritrederlik; Sey, 
"bozorlar qonuni", ishlab chiqarishning uch asosiy omili; foydalilik; Mal-
tus; arifmetik va geometrik progressiya; "aholi nufuzi nazariyasi"; tuproq 
unumdorligi pasayishi qonuni; inqirozlar; senior; tiyilish; so`nggi soat 
nazariyalari; Bastiya, Keri; iqtisodiy uyg`unlik. 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1.D.Rikardoning asosiy asaridagi iqtisodiy g`oyalar nimadan ibo-
rat? 
2.Nima uchun Rikardo fabrika davrining mafkurachisi deb hisobla-
nadi. 
3.Nisbiy afzallik prinsipi nimani anglatadi? 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


203 
4."Proteksionizm" va "Fritrederlik" o`zaro nima bilan farq qiladi? 
5.J.B.Seyning asosiy qonuni nimani bildiradi? Izohlab bering. 
6.Sey fikricha inqirozlar bo`lishi mumkinmi? 
7.T.Maltus "aholi nufuzi nazariyasi"dagi asosiy g`oya nima? 
8."Tuproq unumdorligi pasayib borish qonuni" oqibatlari qanday 
bo`lishi mumkin? 
9.Nima uchun "Uchinchi shaxslar nazariyasi" vujudga keldi? 
10. Seniorning "tiyilish" va "so`nggi soat" nazariyalari mohiyatini 
ochib
bering? 
11.Bastma va Kerining iqtisodiy uyg`unlik g`oyalarida qanday 
umumiyliklar bor? 
Ko`rpangga qarab oyoq uzat.
Maqol. 
10-BOB. JEYMS MILL, J.MAK-KULLOX VA 
BOSHQALARNING IqTISODIY FOYALARI (4-bosqich) 
Angliyada klassik maktabni boshqa tarzda izohlovchilar orasida 
Jeyms Mill (1773-1836) muhim o`rinni egallaydi. Bu olimni Jon Stuart 
Mill o`g`li bilan adashtirib yubormaslik kerak, uning iqtisodiy g`oyalari 
ham quyida ko`riladi. 
"Rikardo maktabining tanazzuli, - deb yozgan edi K.Marks, - mana 
shu kimsadan boshlanadi". 
J.Mill qiymat, ish haqi va foydani o`ziga xos yo`l bilan talqin etdi. 
U ishchilarning ish haqini oshirish yo`lidagi iqtisodiy kurashi o`rinsizligini 
iqtisodiy jihatdan asoslamoqchi bo`ladi.
J.Mill
kapitalistning foydasi bilan yollanma 
ishchining maoshi o`rtasidagi qarama-qarshilikni rad 
etib, yer rentasini tanqid qilgan edi. U Rikardoning 
renta to`g`risidagi nazariyasini davom ettirib, yer 
rentasining davlat tomonidan qo`shib olinishi, ya'ni 
haqiqatda yerni milliylashtirish (natsionalizatsiya) 
qilinishini talab qilib chiqdi (Sovet davrini eslang). 
J.Mill o`zining "Siyosiy iqtisod elementlari" (1821) 
asarida qiymatning mehnat nazariyasiga butunlay 
qarshi chiqdi va qiymatning manbayi sifatida 
J.Mill 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


204 
faqatgina jonli mehnatni emas, balki ishlab chiqarish vositalarida mavjud 
bo`lgan mehnatni ham hisobga olishni talab qildi. Bu xulosaga asoslanib 
kapitalistlar va yollanma ishchilar o`rtasidagi ekspluatatsiya inkor qilinib, 
ularni "teng tovar egalari" sifatida qabul qilishni taklif qildi, bu esa 
ularning har biri ishlab chiqarilgan mahsulotning o`ziga tegishli foyda 
ulushini olishining to`g`ri ekanligini isbotlashga asos bo`ldi. London 
dorilfununining siyosiy iqtisod professori Jon Ramsey Mak-Kullox (1789-
1864) ham klassik maktabning so`nggi nomoyondalaridan hisoblanadi. U 
"Siyosiy iqtisodning boshlanishi" (1825) kitobida qiymatning mehnat 
nazariyasini rasman tan olsa ham, ammo ishchigina emas, shamol ham, 
bug` ham, koks ham, mashina ham mehnat qiladi, degan g`oyani ilgari 
surdi. Bunga aosolanib u foyda qiymatning jamg`arilgan mehnat yoki 
kapital "ishi" tufayli yaratilgan qismidir, deb tushuntiradi. Merkantilistlar 
kabi u ham foyda ayirboshlash jarayonida vujudga keladi, deb da'vo qiladi. 
J.Mak-Kullox Maltusning "Aholi nufuzi" qonunini to`la quvvatladi. 
Agar avvalgi iqtisodchilar klassik maktabni turlicha sharhlashga 
intilgan bo`lsalar, XIX asrning 30-50 yillarida iqtisodchilar o`rtasida 
klassik maktabdan ochiqdan-ochiq aloqani uzishga intilish paydo bo`ldi. 
Bu davrda sanoat to`ntarilishi nihoyasiga yetdi, sinfiy differensiatsiya 
amalga oshdi. 
Sinfiy kurash keskinlashayotgan sharoitda (Angliyada chartizm, 
Fransiyada Lion to`quvchilarining qo`zg`oloni, 1848 yil inqilobi va 
boshqalar) hukmron sinflar uchun sotsialistlar tomonidan kapitalizmni 
tanqid qilish va ishchilarning ijtimoiy talablarini asoslab berish uchun 
ko`pincha foydalanadigan qiymatning mehnat nazariyasi, Rikardoning 
foyda, kapitalist va ishchilar ish haqining qarama-qarshiligi ta'limoti va 
boshqa g`oyalari katta xavf tug`dirar edi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin