99
fan va texnikani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
va ularni muhofaza qilish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi;
sog‘liqni saqlash xalq ta’limi sohalarini rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga yordam beradi;
tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlik sohalari-
ga rahbarlikni amalga oshiradi.
Asosiy iqtisodiy boshqaruv idoralariga O‘zbekiston Respublikasi-
ning iqtisodiyot vazirligi kiradi.
Prezidentning farmonida ushbu vazirlik oldida turgan asosiy vazifalar
ko‘rsatib o‘tilgan. Bular:
iqtisodiy islohotlarning aniq yo‘nalishlari, yo‘llari va usullarini bel-
gilash, respublika Iqtisodiyotini boshqarishning bozor mexanizmlarini
ta’minlash;
makroiqtisodiy moddiy balanslarni, milliy raqam (schet)lardan foyda-
lanib, O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
bashoratlarini va
hisob-kitoblarning bashorat variantlarini ishlab chiqish;
Moliya vazirligi bilan birgalikda to‘lov balanslarini shakllantirish va
ularning bajarilishini nazorat qilish;
real iqtisodiyot sektorida optimal sur’at va proporsiyalarni, mineral va
xom-ashyo resurslaridan oqilona foydalanishi, O‘zbekiston iqtisodiyotining
barqaror rivojlanishi va makroxo‘jalik aloqalarga integratsiyalashishini
ta’minlovchi investitsiya dasturlarini tayyorlash va amalga oshirilishini mu-
vofiqlashtirish;
iqtisodiyot,
madaniyatning rivojlanishi, xalq turmush darajasi va fa-
rovonligini o‘sishini hisobga olishning zamonaviy, indikativ, tahliliy hamda
statistik usullari, vositalarini rivojlantirish va chuqurlashtirish.
Ushbu vazirlik O‘zbekistonni rivojlantirishning strategiyasini, uning
ustuvor yo‘nalishlari va tashqI iqtisodiy
aloqalarni ishlab chiqish, respu-
blikaning iqtisodiyot majmuasini jahon hamjamiyatga kirishni hisobga olib
samarali ixtisoslashtirilishi uchun javob beradi.
Dostları ilə paylaş: