Iqtisodiyot asoslari


Hozirgi zamon sharoitlarida protensionizmning tiklanish saba-



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   128
iqtisodiyot asoslari

 
Hozirgi zamon sharoitlarida protensionizmning tiklanish saba-
blari: 

Savdoning erkinlashuvi. 

Xorijiy firmalarning milliy iqtisodiyotda raqobatbardoshlik qobili-
yatining kuchayishi. 

Ayrim mamlakatlarda importning eksportdan oshib ketgani va barqaror 
savdo tanqisligining saqlanib qolganligi. 
Mamlakatning to‘lov balansi 
Joriy tashqi iqtisodiy ahvolni aks ettiruvchi eng muhim tushuncha 
to‘lov balansidir. 
Mamlakatning to‘lov balansi
– bir mamlakatning alohida shaxslari
firmalari va hukumat idoralari tomonidan boshqa mamlakatlarning xuddi 
shunday vakillari bilan bir yil davomida tuzgan bitishuvlarining yig‘ma 
balansidir. 
Bu ushbu mamlakatning o‘z sheriklari bilan olib borayotgan iqtisodiy 
aloqalarining ahvolini ifodalovchi eng muhim hujjatdir. 
To‘lov balansi
mamlakatning yil davomidagi barcha tashqi iqtisodiy 
hisob-kitoblarining yakunini aks ettiradi. Unda bir tomondan («kredit» 
ustunida) mamlakat yil davomida o‘z tovarlari va xizmatlarini boshqa 
davlatlarga sotib, shuningdek kelajakda foyda olish uchun ularni rivojlan-
ishiga pul qo‘yib ishlab topa olgan pullar ko‘rsatiladi. Ikkinchi tomondan 


137 
esa («debet» ustunida) to‘lov balansi mamlakat boshqa davlatlarga ulardan 
tovarlar yoki xizmatlar sotib olib yoxud o‘zining rivojlanishi uchun pul qarz 
olib qancha to‘laganligi yoki qancha qarz bo‘lib qolganligini ko‘rsatadi. 
Dibet va kredit bo‘yicha summalarining farqi milliy iqtisodiyotning 
jahon bozoridagi faoliyatining iqtisodiy natijalarini ko‘rsatadi.
Masalan, 
agar eksport va import o‘rtasidagi farq (savdo balansi) ijobiy bo‘lsa, bu 
mamlakat jahon savdosidan boyiyotgani va uning valyutasining ahvoli mus-
tahkamlanayotganligini bildiradi. Chunki uning tovarlarini u boshqa mam-
lakatlardan sotib olmoqchi bo‘lgan tovarlardan ko‘proq summaga xarid qi-
lishni xohlaydilar. 
To‘lov balansi
milliy valyutaning holatiga ta’sir qiladi va uning o‘zi 
valyuta kurslarining o‘zgarishlariga kuchli bog‘liqdir. Masalan, so‘mning 
xorijiy valyutaga nisbatan kursining keskin pasayishi o‘zbek eksportining 
rivojlanishiga obyektiv yordam beradi. Gap shundaki, so‘m qiymatining 
mana shunday pasayishi eksport qilingan tovar uchun tushgan har bir dollar, 
mamlakat ichkarisida sotilganida, borgan sari ko‘proq miqdorda so‘mga 
aylanadi va bu bilan eksportchilarni daromadlari, ularning yangi eksport 
amallari, yangi tovarlar sotib olishlari uchun imkoniyatlarni oshirib boradi. 
To‘lov balans uch bo‘limdan iborat bo‘ladi: 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin