139
Oltin standart tizimida valyutalarni almashtirish juda sodda, oson edi.
Chunki bunday almashish proporsiyalari o‘zgarmas edi.
Bunda hukumatlar fuqarolariga qarab qog‘oz pullarni oltinga kafolatli
almashtirish majburiyatlarni o‘z zimmalariga oladilar. Inflyatsiya sha-
roitlarida odamlar bunday ishni tez-tez qilishni afzal bilar edilar.
Aynan shuning uchun oltin standart tizimining amal qilishi to‘xtatib
qo‘yilgan edi. 70-yillarda unda valyuta kurslari milliy pul birliklarining narxi si-
fatida shakllanadigan valyuta bozori tug‘ildi. Bozor kurslari u yoki bu valyutaga
bo‘lgan talab va taklifning nisbati bilan belgilanadi.
Valyuta bozoridagi talab va taklifning hajmlari mamlakatlar o‘rtasidagi
o‘zaro savdoning hajmiga bog‘liqdir. Inflyatsiyaning kursiga, shuningdek,
jahonning turli mamlakatlaridagi inflyatsiyaning miqyosi va iqtisodiyotning
ahvoli ham ta’sir qiladi.
Valyuta bozorining asosi
– jahonning aksariyat ko‘pchilik mamla-
katlarida mavjud bo‘lgan ushbu davlat hududlarida hamma hisob-
kitoblarning faqat shu mamlakatlarning milliy valyutalarida olib borish
haqidagi talablardir. Oltin bilan ta’minlanganlik mavjud bo‘lmaganda bir
valyutaning boshqasi bilan almashinish proporsiyasini ikkita omil bel-
gilaydi.
Birinchi omil – milliy valyutalarning har birini xarid qobiliyati.
Dostları ilə paylaş: