so‘mni konvertlashtirish bo‘yicha maqsadli, kompleks
to‘rtta dastur ishlab chiqilgan:
Birinchi dastur. Mamlakatning o‘z valyutasi faqat barqaror tovar
qoplanishi bor bo‘lgan vaqtdagina, ya’ni pullar tovarlar bilan to‘liq
qoplangandagina real kuchga ega bo‘ladi. Shuning uchun respublika bo-
zorini o‘zimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan, import bo‘yicha olib ke-
linadigan tovarlar bilan ham to‘yintirish zarur.
Ikkinchi dastur . Valyutaning barqaror ishlashi, uning mo‘’tadilligi,
konvertlanishi u istalgan qattiq valyutaga erkin almashtirilishi uchun yetar-
licha valyuta zaxirasi mavjudligiga bog‘liqdir. Buni amalga oshirish uchun
esa korxonalar jahon bozorida raqobatga bardosh bera oladigan mahsulotlar
ishlab chiqarishi va bu bilan qattiq valyuta ishlab topishlari hamda respu-
blika xazinasini to‘ldirib borishlari kerak.
Uchinchi dastur . Milliy valyuta biz ishlab topgan so‘mlarning qadriga
yetishimizni o‘rganishimizdan keyingina real to‘lov vositasiga aylanadi.
Buning uchun qattiq moliyaviy siyosat olib borilishi, uning natijasida
respublika taraqqiyotiga ishlashi lozim bo‘lgan salmoqli foyda olinishi lo-
zim. Bunda korxonalar va tadbirkorlar kredit qaytarilmaydigan sovg‘a
emasligini tushunishlari lozim. Kreditlar o‘z vaqtida qaytarilishi kerak.
To‘rtinchi dastur . Milliy valyutaning mustahkamlashning muhim
sharti inflyatsiyaga qarshi siyosatning qo‘llanili-shidir. Valyutaning
mo‘’tadilligi inflyatsiya darajasini keskin pasaytirishga bog‘liqdir.
Valyutaning konvertlanishi nima degani?
Valyutaning konvertlanganligi – bu milliy pul birligining
qonunchilik bilan mustahkamlangan qaytimliligi, barcha xohlovchilarning
uni xorijiy valyutaga davlatning almashish jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
aralashuvisiz almashtirish imkoniyatidir.
Bir mamlakatning valyutasi faqat ayrim valyutalargagina almashinilga-
nida