142
taalluqlidir. Ular xorijiy kompaniyalarning aksiyalarini sotib olish shaklida
amalga oshiriladi. Bu investitsiyalar investorlarga korxona faoliyati ustidan
to‘liq nazorat qilish huquqini beradi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasida tegishli choralar
ko‘rilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining va xorijiy davlatlarning
jismoniy shaxslari banklardagi o‘z valyuta hisoblari va jamg‘armalaridan
mablag‘larni va ular bo‘yicha foizlarni chet el valyutasida yoki so‘mlarda
olish huquqiga egadir. Valyuta birjalarida respublikada xalq iste’moli
mahsulotlarini ishlab chiqarish va respublikaning ichki bozorini to‘ldirish
bilan shug‘ullanuvchi yoki iqtisodiyotning bazaviy va yetakchi tarmoqla-
ridagi ustuvor loyiha-larni amalga oshirishda qatnashuvchi, jismoniy
bo‘lganidek, huquqiy xorijiy shaxslarning kapitali ishtirokidagi qo‘shma
korxonalar valyutalarini konvertlashda ustun, imtiyozli huquqqa ega ekanli-
klari belgilab qo‘yilgan.
Erkin konvertlangan valyutadagi kreditni hukumatning qaroriga ko‘ra
yoki uning kafolati orqali olgan erkin konvertlangan valyutada olingan kre-
ditni o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlagan shaxslar ustun huquqqA ega.
Bunday toifaga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining summalarini erkin konvertlangan valyuta imtiyozli konvertlashtirish
huquqiga berilgan potentiga ega bo‘lgan shaxslar ham kiradilar. Va nihoyat, bu-
lar qatoriga eksportga mahsulot va tovarlar Ishlab chiqarish bilan
shug‘ullanuvchilar ham shunday imtiyozlardan foydalanadilar.
Xorijiy investitsiyali korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati
Dostları ilə paylaş: