Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
iqtisodiyot asoslari

valyuta 
tamoyiliga
asoslanadi, shuning uchun xorijiy investorlarga tegishli foyda va 
dividendlarni bir qismi konvertatsiyalanishi kerak. Xorijiy ishtirokchilarga 
tegishli bo‘lgan foyda va dividendlarning bir qismini reportratsiya qilish 
maqsadlarida mablag‘larni konvertlashtirish uchun korxonalar vakil qilingan 
bankka xorijiy valyutani sotib olish uchun buyurtmani, foydani taqsimlash 
haqidagi hujjatni hissadorlar umumiy majlisining qarorini, shuningdek, kon-
vertlashtirilishi lozim bo‘lgan mablag‘larning korxona rahbari va soliq idorasi 
tomonidan tasdiqlangan hisob-kitobni taqdim etadilar. Shu bilan bir vaqtda 
korxona mablag‘larining so‘mlarda saqlab qo‘yilishi (deponent qili-nishi) 
uchun topshiriq ham beradi. Bu O‘zbekistonda hamma to‘lovlar va hisob-
kitoblar 
milliy 
valyuta-so‘mlarda 
amalga 
oshiriladi. 
Banklar 
bu 
mablag‘larning valyuta birjasining maxsus hisob raqamiga o‘tkazilishini 
ta’minlaydilar. Taqdim etilgan hujjatlar vakil qilingan banklarning eksportlari 
tomonidan bir hafta muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Eksport xulosasi pul-
kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun yubo-
riladi. Qaror qabul qilinganidan so‘ng korxona tegishli Ro‘yxatga kiritiladi va 
valyuta birjasidagi savdolarda konvertlashtirishga qo‘yiladi. Bunday qaror bir 
martalik tartibda (bir marta) qabul qilinadi. Korxonalar o‘zini valyuta 


143 
hisobida ham oqlaydigan loyihalarni – bundaylarga xorijdan uskunalar
texnologiyalar, butlovchi mahsulotlar, xom ashyo sotib olish kiradi – amalga 
oshirish uchun milliy valyutada kreditlar berish uchun vakil qilingan banklar 
xorijiy valyutani valyuta birjasiga taqdim etish huquqiga ega. 
Joriy amallar bo‘yicha konvertlanganlik
– bu to‘lov balansidagi 
joriy operatsiyalar hisobi bo‘yicha bitishuvlarni amalga oshirish uchun 
milliy valyutani xorijiy valyutaga erkin almashtirishadi. Xorijiy amallar 
bo‘ycha
konvertlashni joriy qilish valyuta kursining mo‘’tadilligiga, 
shuningdek, olib borilayotgan soliq-byudjet va kredit-pul siyosatiga 
bog‘liqdir. Mamlakatda erishilgan makro Iqtisodiy Mo‘’tadillik va tegishli 
makroiqtisodiy rag‘batlar milliy valyutaning joriy amallar bo‘ycha konvert-
lash vazifasini hal qilishda muhim ahamiyatga egadir. 
Bunda aholini va korxonalarni valyuta kursining tebranishining salbiy 
oqibatlaridan himoya qiluvchi zarur kafolatlarni yaratish, davlatning valyuta 
zaxiralarini almashinuv kursining barqarorligini ta’minlash uchun zarur 
bo‘lganhajmlarda shakllantirish alohida ahamiyatga egadir. Chunki joriy 
amallar bo‘ycha konvertlanishning joriy etilishi bilan tavakkal (xavf) paydo 
bo‘lish ehtimoli bor. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin