Iqtisodiyot asoslari


Did va modaning o‘zgarishi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Did va modaning o‘zgarishi. 
Ba’zi tovarlarga talab katta va tez-tez bo‘ladigan o‘zgarishlarga duch 
kelaveradi. Bu, ayniqsa, did va moda ularga ta’sir qiluvchi, masalan, kiyim-
kechak, poyabzal, ko‘ngilochar xizmatlar kabi tovarlar va xizmatlarga 
taalluqlidir. Keyingi yillarda ma’lum bir oziq-ovqatlar bilan bog‘liq bo‘lgan 
xavflar haqidagi xabarlar talabga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. U mash’um mash-
hurlikni qo‘lga kiritgan tovarlarga talab kamaydi va yaxshi ijobiy fikrlar 
uyg‘otishga sazovor bo‘lgan tovarlarga talab oshadi. 
Reklama. 
Agar muvaffaqiyatli reklama kompaniyasi o‘rnini bosuvchi tovarlar bor 
tovar uchun (masalan, kofening ma’lum bir navi) o‘tkazilsa, bu raqobat-
lashuvchi tovarlarga bo‘lgan talabning qiyshiq chizig‘ining chapga 
ko‘chishiga olib kelishi mumkin. Reklamaning maqsadi reklama qilina-
yotgan tovarga bo‘lgan talabning qiyshiq chizig‘ini o‘ngga ko‘chirishdadir. 
Haqini ma’lum muddat davomida to‘lash sharti bilan qilinadigan 
xarid. 
Uzoq vaqt davomida foydalaniladigan ko‘p tovarlar esa uni ma’lum 
muddat davomida to‘lab borish sharti bilan xarid qilinadi. Ularga bo‘lgan 
talab bunday savdo qanday shartlar asosida qilinayotganiga sezilarli dara-
jada bog‘liqdir. Agar bu sharoitlarni qabul qilish xaridor uchun qulay 
bo‘lsa, badallar kamaytirilsa, ssudani qaytarish muddati uzaytirilsa, ko‘plab 
tovarlarga bo‘lgan Talabning qiyshiq chizig‘i o‘ng tomonga ko‘chadi. Agar 
ma’lum muddatda haqini to‘lash sharti bilan tovar sotishdagi sharoitlar 
xaridorlar uchun kamroq qulayliklarga ega bo‘lsa, teskari vaziyat yuzaga 
kelishi mumkin. 
 


52 
Talabning o‘zgarish oqibatlari 



Talabning osishi. 
DD – talabning boshlang‘ich qiyshiq chizig‘i OR – muvozanat nomi, 
OQ – talab va taklifning kattaligi (hajmi) deb faraz qilamiz. Talab oshgani-
da qiyshiq chiziq D
1
D
1
tomonga ko‘chadi. Bu mavjud narx qolgan tovarn-
ing taqchilligini keltirib chiqaradi, chunki OR, narx bo‘lganida endi talab-
ning hajmi (kattaligi) taklifning hajmidan kattaroqdir. 
DD va chiziqlari o‘rtasidagi gorizantal punktir chiziq bilan belgilangan 
taqchillik narxning oshishga olib keladi. U oshib borgan sari taklif o‘sib 
boradi. Bu yangi muvozanat narxi OR, o‘rnatilguncha davom etadi. Ushbu 
narx o‘rnatilgach, talabning kattaligi (OQ
1
) taklifning hajmi (OQ
1
)ga teng 
bo‘ladi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin