48
Aslida bu siljishlar mutlaqo har xil sabablar tufayli ro‘y bergan. Buni
misollarda ko‘rib chiqaylik.
Birinchi ikki ustun talabning
oddiy shkalasini namoyon qilib, u DD
qiyshiq chizig‘i sifatida ko‘rsatilgan. Bu qiyshiq chiziqdan narxlar
o‘zgarganda talabning kattaligi qancha bo‘lishini aniqlab olish mumkin.
Masalan, narxning 5 so‘mdan 4 so‘mgacha kamayishi talab hajmining 120
birlikda 150 birlikkacha o‘sishiga olib keladi. Bu talabning o‘sishi yoki
kengayishi deb ataladi. Narxning 4 so‘mdan 5 so‘mga
oshishi esa talab
hajmining 150 birlikdan 120 birlikkacha kamayishi yoki qisqarishiga olib
keladi (jadvalga qarang).
Dostları ilə paylaş: