58
baholarini ifodalaydi. Bu narxlar ko‘pchilik holatlarda erkin bozor baholari-
dan baland bo‘ladi. Bunday vaziyatda davlat tovarlarning ortiqchalik
muammosiga duch keladi.
Shunday qilib:
bozorlar – xaridorlar va sotuvchilarga bitishuvlar tuzishga imkon
beruvchi tuzilmalardir. Bozorlar an’anaviy mahalliy bozorlardan boshlab to
jahon bozorigacha bo‘lgan turli shakl va o‘lachamlarga ega bo‘lishlari
mumkin;
bozor narxlari taklif va talabdan kelib chiqib belgilanadi;
talab haqida gapirganda, biz to‘lovga qobil talabni, ya’ni tovarni sotib
olish istagini emas, uning imkoniyatni ham nazarda tutamiz. Taklif - sotish-
ga taqdim etilayotgan tovarlar va xizmatlardan iborat;
talabning qiyshiq chiziqlari narxlar turlicha bo‘lganida talabning
hajmini ko‘rsatadi: ular o‘ngga yoki chapga yo‘nalgan. Taklifning qiyshiq
chiziqlari sotishga turli narxlarda taqdim etilayotgan tovarlarning miqdorini
ko‘rsatadilar: ular tepaga o‘ngga yoki chapga yo‘nalgan bo‘ladi. Talab va
taklifning qiyshiq chiziqlari o‘zgaruvchi yagona omil narx ekanligidan kelib
chiqib tuziladi;
talabning hajmi taklifning hajmiga faqat muvozanat narxlari qaror
topgandagina teng bo‘ladi;
talabning oshishi;
talab taqdim qilinayotgan narx bo‘yicha oshiq ekanligini bildiradi;
talabning qiyshiq chizig‘ini o‘ngga ko‘chiradi va narxning tushishi va
talabning bundan buyon ham o‘sishiga olib keladi;
taklifning kamayishi teskari natijalarga olib keladi;
agar tovarning bozor narxi muvozanat bahosidan oshib ketsa, b o-
zorda uning ortiqchaligi vujudga keladi. Agar u muvozanat narxidan past
bo‘lsa, bozorda tanqislik kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: