Iqtisodiyot asoslari


Taklifning o‘zgarishi oqibatlari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Taklifning o‘zgarishi oqibatlari: 
Taklifning oshishi. 
SS–Taklifning boshlanish qiyshiq chizig‘i, OR–muvozanat narxi, OQ–
talab va taklifning hajmi deb faraz qilaylik. Taklif oshadi va uning qiyshiq 
chizig‘i S
1
S
1
tomonga qarab ko‘chadi. Bu mavjud narxdagi tovarlarning 
keragidan ortiq darajada ko‘payishiga olib keladi. Punktir chizig‘i bilan bel-
gilangan bu oshiqchalik narxning tushishiga olib keladi. Narx pasayganda 
talabning hajmi muvozanatlovchi yangi OR
1
narxi qaror topguncha o‘sib 


56 
boradi. Yangi muvozanat bahosi vujudga kelganida Talab taklifga tenglas-
hadi. 
narx 
Miqdor 
 
Taklifning kamayishi.
Endi S
1
S
1
– taklifning boshlang‘ich qiyshiq chizig‘ining OR, muvoza-
nat narxi va OQ – talab va taklifning hajmi. Taklif kamayadi va uning 
qiyshiq chizig‘i SS tomonga ko‘chadi. Bu mavjud bo‘lib turgan narxda to-
varning taqchilligini keltirib chiqaradi. Narxlar shkalasida qalin chiziq 
bo‘lagi bilan belgilangan bu taqchillik narxning o‘sishiga olib keladi. Narx 
o‘sganida talabning hajmi muvozanat narxi OR qaror topmaguncha kama-
yib boradi. Muvozanat narxi vujudga kelgach, talabning hajmi taklifning 
kattaligiga teng bo‘ladi. 
Teng bir xil bo’lgan boshqa sharoitlarda taklifning kamayishi narxning 
o’sishi va talabning kamayishiga olib keladi. 
Talab va taklif. Sezilarli ayrim o‘zaro bog‘liqliklar. 
Raqobat talabi 
Biri ikkinchisini osonlik bilan almashtira oladigan tovarlarga bo‘lgan 
talab raqobat talabi deyiladi. Masalan, supermarketlarning peshtaxtalariga 
qo‘yilgan kofe, choy, yog‘, margarin va yuvish vositalarining turli navlariga 
bo‘lgan talab ana shundaylardandir. Kir yuvish kukunining bir navi ikkin-
chisining eng yaqin almashinuvchisidir. Xuddi shunday gapni yuqorida 
eslatilgan boshqa tovarlar haqida ham aytish mumkin. 
Qo‘shma talab 
Bitta tovardan foydalanish ikkinchisini sotib olish zaruratini keltirib 
chiqarsa, bu 
qo‘shma talab
deb ataladi. Fotoapparat, tasma, avtomobil
S
1



Q
1

S
1

P
1
 




57 
yoqilg‘i va hokazolar bunga misol bo‘la oladilar. Bu tovarlarni, shuningdek, 
o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar deb ham ataydilar.
Ikkita tovar qo‘shma talabdan foydalanganida bittasining narxini oshi-
shi ikkinchisiga bo‘lgan talabning pasayishiga olib keladi. Masalan, video-
magnitafon narxining oshishi tasmaga bo‘lgan talabning tushishiga olib ke-
ladi. Bu tovarlarning bittasi narxining kamayishi ikkinchisiga bo‘lgan talab-
ning o‘sishiga olib keladi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin