Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Monopoliya 
– bitta sotuvchi ko‘p xaridorlarga qarshi tursa-da, bunda 
shu sotuvchining o‘zi mahsulotning yagona ishlab chiqaruvchisidir. 
Muhim o‘ziga xos xususiyatlari
: monopolist bozor hokimiyatga ega 
bo‘ladi, narxlarni, bozorga mahsulot yetkazib berilishini nazorat qiladi. 
Bozorga kirish yo‘lida monopolist tomonidan raqobatchilar uchun kelib 
chiqishi tabiiy yoki notabiiy bo‘lgan to‘siqlar qo‘yiladi. 
3. 
Oligopoliya
– nisbatan uncha katta miqdorda (o‘n nafar atrofida) 
bo‘lmagan sotuvchilar tovarlar va xizmatlar bozorida hukmronlik qiladilar. 
Muhim o‘ziga xos xususiyatlari
: sotuvchilarning unchalik ko‘p emasligi 
ularning narxlarni belgilash, bozorlarni bo‘lish va taqsimlashda monopolis-
tik kelishuvlar olishlariga qo‘l keladi. Oligopoliyalar turdosh bo‘lganidek 
differensiyalangan tovarlarni ham ishlab chiqarish mumkin. Turdoshlik xom 
ashyo va ruda, neft, po‘lat, sement va hokazolarni yarim fabrikatlari bozori-
da, differensiyalash iste’mol tovarlari bozorida ko‘proq uchraydi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, taqdim etilgan modellardan birortasi iqtiso-
diyotda sof holda uchramaydi. Ammo uchalasi har biri o‘z darajasida, 
zamonaviy bozorlarga xosdirlar. 
Bozorni tashkil qilish shakllari
bo‘yicha mustaqil asosni belgilovchi 
va rol o‘ynovchi xo‘jalik yuritish jihatdan mustaqil tashkilotlarni ko‘rsatish 
lozimdir. Bularga: 
1.
Birjalar
– umumiy bozorni segmentlari sifatida ochiq oldi-sotdi yo‘li 
bilan talab va taklifni muvozanatlashtirish. Tovarlar va xom-ashyo resursla-
ri bozorini tartibga solish, unifikatsiyalash (bir xillashtirish), bozorni ri-
vojlantirish va iqtisodiy indikatorlar (bozorlarda turli Iqtisodiy ko‘rsatkich 
va hokazolarning ko‘tarilishi yoki pasayishi) funksiyalarini rag‘batlantirish 
vazifalarini bajaradilar. 
2. Auksionlar
– (lotincha auctio – ommaviy savdodan) – individual 
faqat o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlarga va qiymatga ega bo‘lgan tovar-


43 
larni sotish demakdir. Sotuvchi eng katta foyda olish uchun savdoda qat-
nashayotgan xaridorlarning raqobatidan foydalanadi. 
3. Ko‘rgazmalar
– reklama faoliyatini yo‘lga qo‘yish potentsial is-
te’molchilarga yangi mahsulot uni qo‘llash sohalari va sotib olish imko-
niyatlari haqida axborot berish, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida xo‘jalik 
aloqalarini oqilona yo‘lga qo‘yishga yordam beruvchi tijorat axborotini al-
mashish uchun o‘tkaziladi. 
4. Yarmarkalar
– ma’lum bir davr oralig‘ida, vositachilar, tashkilotlar 
vakillari ishtirokida, manfaatdor aniq sotuvchilar va xaridorlarning bu yerda 
taqdim etilgan tovarlarga kontraktlar va bitishuvlar tuzishlari uchun 
o‘tkaziladigan tadbirlardan iboratdir. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin