39
Shartnomaviy narxlar
– bu sotuvchi va xaridorning kelishuvi bilan
belgilanadi, ya’ni faqat ushbu tovarga bo‘lgan
talab va taklifni hisobga
oluvchi narxlardir. Shartnomaviy narxlarning solishtirma og‘irligi ushbu
mamlakat
iqtisodiyotining, «bozoriylashganlik» darajasini belgilab boradi.
Jahon baholari
mintaqaning o‘ziga
xosligini, sharoitlarini va tijorat
bitishuvlari vaqtini aks ettirib, xalqaro savdoda qo‘llaniladi. Shuning uchun
jahon narxlarining hisob-kitobi eng yirik eksport-import
amallari bazasida
(asosida) o‘tkaziladi.
Narxlar darajasi
– mamlakatda ishlab chiqarilgan va ko‘rsatilgan xiz-
matlar uchun to‘langan narxlarning o‘rtacha (bosiq) kattaligidir.
Narxlarning darajasi indeks shaklida ifodalanadi.
Indeks esa mazkur
davrdagi tovar va xizmatlarning ma’lum to‘plami narxlar yig‘indisining ba-
zis davridagi aynan shu (yoki o‘xshash) guruh tovarlari va xizmatlar
narxlarining yig‘indisi o‘rtasidagi nisbati
sifatida ta’riflanadi.
Narxlarning darajasini o‘lchash zarurati bu ko‘rsatkichning dinamikasi
(inflyatsiya jarayonlari)ning muhimligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari,
ishlab chiqarishning turli yillardagi qiymat hajmi (YaMM)ni solishtirish fa-
qat pul birligini mo‘’tadilligi saqlangan hollardagina mumkin bo‘ladi. Bu
esa amalda erkinlikni juda qiyin bo‘lgan natijadir. YaMM ning dinamikasini
narxlar o‘zgarishining ta’siridan soqit qilishga
aynan narxlarning indeksi
yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: