Iqtisodiyot asoslari


Bozor iqtisodiyotida narxning vazifasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Bozor iqtisodiyotida narxning vazifasi. 
Bozor iqtisodiyotida narxlar quyidagi vazifalarni bajarishadi: 
Xaridorlar va sotuvchilarning harajat qi-
lishlari uchun axborot 
Mo‘ljallatuvchi 
Ishlab chiqarishning eng tejamkor usullari-
ga va talabni oqilona bo‘lishiga yordam be-
radi 
Rag‘batlantiruvchi 
Taqsimlovchi 
Bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o‘rtasida 
foydani taqsimlaydi 


37 
Taqsimlash vazifasi
– eng muhimdir. U shundan iboratki, narxlar to-
varlarning sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi taqsimlanishiga ta’sir qiladi. 
Uy-joy uchun ijara haqining baland bo‘lishi uylarda yashovchilarni kam-
bag‘allashtirsa, uy egalarini boyitadi, shuning uchun narxlarning bu vazifasi 
turli xildagi tartibga soluvchi mezonlarning ta’siriga eng ko‘p tushishiga 
ajablanarli xol emas. 
Narxlar iqtisodiyotda boshqa vazifani ham bajaradilar. Narxlar iste’mol 
talabini mo‘l-ko‘l bo‘lgan tovarlarga yo‘naltirib, uni o‘ta tanqiq tovarlardan 
uzoqlashtirib turadilar. Agar, aytaylik, yoqilg‘ining bir turining zaxiralari 
tugayotgan, shu bilan bir vaqtda mahsulotning ikkinchi turi hali keragidan 
ortiqcha bo‘lsa, ikkinchisiga qaraganda birinchisining narxining oshishini 
kutish lozim bo‘ladi. Bu firmalarni va yakka tartibdagi iste’molchilarni yet-
ishmayotgan yoqilg‘i turidagi zaxirasi yetarli bo‘lgan yoqilg‘iga o‘tishiga 
majbur qiladi. Yirik firmalar o‘z uskunalarini qayta qurib oladilar, yangidan 
qurilgan 
uylarning 
isitish 
tizimi 
arzon 
yoqilg‘ini 
ishlatishga 
mo‘ljallantiriladi. 
Narxlar taqsimlash vazifasini bajara borar ekanlar, resurslardan samara-
li foydalanishga erishish imkonini beradilar, tanqis resurslarini ularga eng 
katta talab mavjud bo‘lgan soha va tarmoqlarga yo‘naltiradilar. 
Tanqis resurslar qimmatlashganida, bozorda ulardan eng katta foyda 
hisobiga ishlata oladiganlargina qolishadi. 
Tanqis xom ashyo, materialning o‘rniga uning o‘rnini bosuvchi ar-
zonrog‘ini ishlata olish imkoniga ega bo‘lgan katta firmalar va ayrim 
shaxslar (individlar) bu materiallarni ishlatishga tanqis resursning narxi 
haddan tashqari baland bo‘lib ketganda o‘tadilar. Yoqilg‘ining boshqa tur-
larini ishlatish imkoniga ega bo‘lmaganlar esa narxlarning qanchalik 
o‘sganligiga qaramay o‘sha, eski yoqilg‘idan foydalanishni davom ettirave-
radilar. 
Ba’zida narxlarning oshishi butun jamiyatga foydali bo‘lishi ham mumkin. 
Agar, masalan, mamlakatga tabiiy gazning yetmay qolishi xavf solib turgan 
bo‘lsa, uning narxini ko‘tarish zarur, bu potensial iqtisodiy zararni kamaytirish 
imkonini beradi deb hisoblaydilar. Albatta, bir qator hollarda narxlarning 
o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin