Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Bozor mexanizmi
– bu resurslarni shakllantirish va taqsimlash mex-
anizmi, sotuvchilar va xaridorlarning narxlar sifatini ishlab chiqarish hajmi 
hamda uning tuzilmasini belgilash bo‘yicha o‘zaro harakatlari, hamkorlikla-
ri mexanizmidir. 
Bozor mexanizmi murakkab tizim bo‘lib, u subyektlardan (sotuvchilar, 
xaridorlar vositachilar, davlat va mahalliy hokimiyat organlari huquqni 
himoya qilish idoralari); obyektlar (tovarlar va resurs bozorining turli xil-
lari, kapitalning qimmatbaho qog‘ozlar, bilimlar, texnologiyalar, yer, uy-
joylar bozori)dan subyektlar o‘rtasidagi aloqalar (korporatsiya, raqobat)dan, 
narx mexanizmi, narxlarni shakllantirish mexanizmi va iqtisodiy resurslarni 
taqsimlash)dan, iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar, davlat qabul qila-
yotgan qarorlar haqidagi axborotdan, kelishilgan qarorlarni qabul qilish 
vositalari (muzokaralar, kontraktlar, sotsiologik tadqiqotlar)dan iborat 
bo‘ladi. 
Bozor mexanizmining masalasi, o‘zi sotuvchilar (ishlab chiqaruvchilar) 
va xaridorlar (iste’molchilar) o‘rtasidagi munosabatlardir. Aynan ular to-
varlarning savdo-xarid jarayonini amalga oshiradilar. Bunda ular bu ishni 
bevosita bir-birlari bilan o‘tkazishlari yoki bilvosita, uchinchi shaxslar 
(vositachilar) orqali amalga oshirishlari mumkin. Bu halqacha ishlab 
chiqaruvchidan to pirovard xaridorgacha qancha uzaytirilishidan qat’i nazar, 
u bozor mexanizmining o‘zini bekor qila olmaydi. Aksincha, bu ish uni an-
cha murakkabroq, chalkashroq, tovarning narxini esa ancha balandroq qiladi. 
Biroq bu jarayonda so‘nggi qarorni, hal qiluvchi so‘zni Ishlab chiqaruvchi va 
iste’molchi qabul qiladi va aytadi. Agar ularga vositachilar bilan savdo-xarid 
bo‘yicha oldindan kelishib olinib, tegishli shartnoma, kontrakt tuzib olishlari 
mumkin. Shartnoma bo‘yicha sotuvchi kelishilgan tovarni belgilangan 
muddatda jo‘natish, xaridor esa uning uchun oldindan belgilangan narxda haq 
to‘lab sotib olish majburiyatlarini olishadi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin