BOZOR TUSHUNCHASI VA BOZORNING VAZIFALARI Zamonaviy bozor xo‘jaligi Ishlab chiqarish va xo‘jalik yuritishning ijtimoiy shakllarining rivojlani-
shi tadriji (evolyutsiyasi) asosida butun jamiyatning va alohida olingan har
bir
individning
talab
va
ehtiyojlarini
qondirishga
yo‘naltirilgan
ijtimoiylashtirilgan tovar ishlab chiqarishning faoliyat yuritishi bo‘lgan Za-
monaviy bozor tizimining vujudga kelishiga olib keldi.
Bozor xo‘jaligi – iqtisodiyotni tashkil qilishning tovar ishlab chiqarish-
ga asoslangan, ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi o‘zaro harakatini Bo-
zor vositasida ta’minlovchi ijtimoiy shaklidir.
Bozor – tovar va pul muomalalarining o‘zaro qat’iy harakatlari asosida
vujudga keluvchi Iqtisodiy munosabatlarning tizimidir.
Bozorning klassik modeli quyidagi xususiyatlar bilan ta’minlanadi:
nima ishlab chiqarish, nimaga va qanday sotishni o‘zlari mustaqil to-
var ishlab chiquvchilarning ko‘pligi;
kimdan mahsulot sotib olishni o‘zlari mustaqil hal qiluvchi mustaqil
iste’molchilarning ko‘pligi;
qiymat bo‘yicha zamonaviy almashinuv;
talab va taklif asosida narxlarning stixiyali belgilanishi;
qayta ishlab chiqarish jarayonlarining stixiyali ravishda tartibga solin-
ishi;
erkin raqobat, kapitalning «erkin qayta qo‘yilishi».
Hozirgi zamon sharoitlarida bozor o‘zini-o‘zi tartibga solishdan tartibga
solinuvchiga aylanadi, bu esa bozor xo‘jaligining subyekt-obyekt tuzilmasi-
ning murakkablashishiga olib keladi.
Bozor xo‘jaligining subyekt-obyekt tuzilmasi, bu - bozor subyektlari
o‘rtasidagi munosabatlar tizimi bo‘lib, ularning maqsadlarini, turli tomon-
larga
yo‘naltirilib,
yo‘l-yo‘lakay muqobil kelishiluvchi iqtisodiy
manfaatlarini, bozor aloqalarining Turli-tuman obyektlari harakatlanishin-
ing holati hamda tashkil qilish shakllari va o‘zaro bog‘liq harakatlarini aks
ettiradi.