29
IQTISODIY SIKL
Sikl (turkum) bo‘yicha rivojlanish
nazariyasiga XX asrning 20-
yillarida N.D.Kondratev tomonidan asos solingan. U ijtimoiy - iqtisodiy ba-
shorat qilish mumkin va zarur, shuningdek, murakkab va o‘zgarib turuvchi
Ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash va Buning asosida xalq
xo‘jaligining tizimining hamma darajasida uning
muqobil rivojlanishini
oldindan ko‘ra olish mumkin deb hisoblar edi.
N.D.Kondratev iqtisodiy
statistika, dinamka va kon’yunktura
tushunchasini
aniq chegaralab, belgilab olgan edi. U asosiy e’tiborni iqti-
sodiy dinamika qonuniyatlarining tahliliga qaramaydi va kon’yunktura te-
branishlarining to‘lqinsimon jarayonlarini aniqladi. U kon’yunkturaning
mavsumiy va siklik (turkumiy) tebranishlarini ajratadi, turkumiy siklik) te-
branishlar orasidan 7-11 yilni qamrab oluvchi kichik sikllarni va 40 yildan
60 yilgacha davom etuvchi katta sikllarni farqlaydi.
Aynan shunday yondashishgina bozor iqtisodiyotiga o‘tish
sharoitida
kon’yunktura o‘zgarishlarini uzoq muddatga bashorat qilish uchun ilmiy
baza bera oladi. Fan va texnika qonuniyatlarini va tendentsiyalarining tahlili
bashorat qilishning ustuni bo‘lishi kerak, ro‘y berayotgan texnologik inqilo-
blar, zaminida yangi texnologiyalar yotgan ilmiy-texnik yo‘nalishlarni
shakllantirishga qaratilishi lozim.
Shu narsa aniqlanganki, texnikaning
yetakchi sohalarida innovatsiyalarga o‘tish bilan
izohlanadigan inqiloblar
taxminan 50 yilda bir marta ro‘y berib turadi.
Texnologik inqiloblardan tashqari ushbu yo‘nalish bo‘yicha texnika
vositalarining avlodlar almashish (EHM, atom reaktorlari, sanoat robotlarin-
ing avlodlari) o‘rganiladi. Bir yo‘nalish doirasida 200 yil ichida Odatda 3-4
avlod almashinadi. Odatda, birinchi
avlodlar zarar keltiradilar, ikkinchi,
ayniqsa, uchinchilari texnologiyalarga mujassam etilgan samarani beradilar.
Texnika vositalarining bitta avlodning hayot sikli 15-20 yilni tashkil qiladi.
Lekin avlodlar almashinuvi 8-10 yildan so‘ng
amalga oshiriladi, chunki
Oldingi siklning oxirgi bosqichi va navbatdagi siklning birinchi bosqichlari
vaqt jihatdan bir-birlariga to‘g‘ri keladilar.
Dostları ilə paylaş: