Iqtisodiyot asoslari


investitsiya qilinadigan tovarlar



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   128
iqtisodiyot asoslari

investitsiya qilinadigan tovarlar
(ishlab chiqarish 
vositalari) 
iste’mol tovarlaridan
shunisi bilan farq qiladiki, keyingilari tal-
ablarni bevosita qondiradi. Birinchilari esa iste’mol tovarlarini ishlab 
chiqarishni ta’minlar ekan, bu ishni bilvosita qiladilar. 
Ikkinchidan, keltirilgan ta’rifda 
«kapital»
termini pulni nazarda tut-
maydi. To‘g‘ri, menejer va iqtisodchilar mashina, uskuna va boshqa ishlab 
chiqarish vositalari sotib olish uchun ishlatishi mumkin bo‘lgan 
pulni
naz-
arda tutib tez-tez 
«pul kapitali»
haqida gapiradilar. Ammo o‘z-o‘zidan 
pullar
hech narsa ishlab chiqarmaydilar, demak, ularni 
iqtisodiy resurs
deb 
hisoblash mumkin emas. 
Tabiiy kapital
– jamiyatga ajratilgan va ishlab chiqarish maqsadlarida 
ishlatilishi mumkin bo‘lgan tabiiy ishlab chiqarish resurslarining zaxirasidir. 
Sanoat kapitali
– moddiy ishlab chiqarish sohasida tovarlar yaratish va 
xizmatlar ko‘rsatish uchun qarz qilib berilgan kapital. Kapitalning doiraviy 
aylanishi jarayonida kapitalning uch shakli: sanoat kapitali, ishlab chiqarish 
kapitali va tovar kapitalini farqlaydilar. 
Jismoniy kapital
– ishga qo‘shilgan, ishlab chiqarish vositasi turidagi 
ishlab turgan daromad manbai. Asosiy va aylanma kapitalni farqlaydilar. 
Jismoniy kapital
– tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish 
uchun ishlatiladigan mashinalar, uskunalar, inshootlar hamda xom-ashyo
ya’ni fabrikatlar va tayyor mahsulotlarning zaxiralaridir. 
Insoniy kapital
– insonning zamonaviy qobiliyatlari va ta’lim olish 
hamda amaliy faoliyati jarayonida olgan amaliy ko‘nikmalari shaklidagi 
kapitaldir. 
Insoniy kapital
– iqtisodiyot fanida – odamlarning ishlab chiqarish ja-
rayonida qatnasha olish qobiliyatidir. 
Ishlab chiqarish omillarining 
qo‘shilishi 
«Yer» 
«Mehnat» 
«Kapital» 
Iqtisodchi nuqtai nazarida 
yer-bu ishlab chiqarishda 
foydalaniladigan barcha ta-
Mehnat-tovar ishlab chiqarish 
va xizmat ko‘rsatishga 
foydalaniladigan insonning 
Iqtisodchilar terminini ishlab 
chiqarishda foydalaniladigan 
barcha sun’iy moslamalarni 


24 
Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishga qulay bo‘lishi uchun mehnatning 
ichida ishlab chiqarish omillarining yana bir ko‘rinishi 
tadbirkorlikni
ajratadilar. Bu so‘z bilan quyidagi fazilat va xususiyatlar:
- iste’molchilarga qanday tovarlar kerakligi, eng katta foyda olishga er-
ishish uchun mavjud bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishning qaysi 
texnologiyalarini joriy qilsa, arzishini to‘g‘ri baholay olish
- yangi tijorat loyihasiga sarflangan o‘z jamg‘armalarining yo‘qotilishi 
mumkinligi xavfi (tavakkali)ni bu loyihani amalga oshirish uchun ketgan 
kuch va vaqtning o‘z-o‘zini oqlamasligini o‘ziga olishga tayyorlik; 
- jamiyatga zarur bo‘lgan ne’matlarni yaratish uchun ishlab chiqarish-
ning boshqa omillaridan foydalanishi muvofiq-lashtirilishini bilish kabi 
xislatlarga ega bo‘lgan odamlarning jamiyatga ko‘rsatishga qobil bo‘lgan 
xizmatlarini ataydilar. 
Ishlab chiqarish omillarini tasniflashning turli xillari mavjud. O‘z ichiga 
mehnat yer va kapitalni olgan tasnif turi uch bo‘g‘imli tizim bo‘lib, u fanda 
an’anaviy hisoblanib, ikki asr davomida shakllangan. Tadqiqotlarning 
maqsadlaridan kelib chiqib olimlar: 
- texnologoya; 
- axborot; 
- ekologiya kabi qo‘shimcha omillarni ham ushbu rejimga kiritadilar. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin