Iqtisodiyot asoslari


Mehnatning bo‘linishining kamchiliklari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Mehnatning bo‘linishining kamchiliklari. 
Ishning bir xilligi va ishdan qoniqmaslik
– ishchining ommaviy ishlab 
chiqarishdagi yuqoriroq daromad va qisqaroq ish haftasi uchun to‘laydigan 
haqi. 
Ixtisoslashtirish mahoratning yo‘qolishiga olib keladi. Ishchi qoniqish 
va g‘urur bilan «Buni men qildim» deb aytish imkonidan mahrumdir. 
Boshqa tomondan esa ishlab chiqarishning zamonaviy usullari yangi bilim-
lar va ko‘nikmalar talab qiladi. 
Bu tizim bir xil mahsulotlarning katta miqdorini ishlab chiqarishda, 
ya’ni mahsulotni standartlashtirishda nihoyatda samaralidir. Mehnatning 
bo‘linishi tovarlarning va xizmatlarning turli xilligining yo‘qligi saba-
bchisidir. Biroq biz boshqa asos, sababni ham keltirishimiz mumkin: biz 
avtomobil va televizorni, xolodilnikni ular ommaviy ishlab chiqarish to-
varlari va demak, arzon bo‘lganligi uchun ham sotib olishimiz mumkin. 
Ishchi mutahassislar bajargan ishlar ko‘pchilik holatlarda bu tarmoq 
uchun o‘ziga xos (spetsifik) bo‘ladi. Agar bunday ishchilar ishsiz qolishsa, 
ular o‘z tajribalarini boshqa tarmoqlarda qo‘llashlari qiyin bo‘ladi. 
Ixtisoslashtirish shunga olib keladiki, biz bir-birimizga bog‘liq bo‘lib 
qola boshlaymiz. Bunday o‘zaro bog‘liqlik iqtisodiyotning bir sektorida 
ro‘y berayotgan o‘zgarishlar boshqa sektorlarga ham ta’sir qilishini bildira-
di. 
Mehnatni bo‘linishi ko‘lamlari. 
Mehnatning bo‘linishi tamoyili iqtisodiy faoliyatning hamma dara-
jalarida ishlatiladi. Bular: 

 
Tarmoq darajasidagi ixtisoslashish. 

 
Firma darajasida ixtisoslashish. 

 
Ishchilarning ixtisoslashishi. 

 
Mintaqa darajasida ixtisoslashish. 

 
Xalqaro ixtisoslashish. 
Mehnatning bo‘linishi va bozorning hajmi. 
Ommaviy ishlab chiqarish faqat ommaviy talab bo‘lgandagina o‘zini 
oqlaydi. Mehnatning bo‘linishi tamoyili har haftada minglab bir xil to-
varlarni sotishga qobil bo‘lgan sanoat tarmoqlaridagina keng tarqalgan. 
Agar bozorning hajmi nisbatan kichik bo‘lsa, firma mehnatni taqsimlash 
(bo‘lish) tamoyilini keng qo‘llay olmaydi. 
Tovar ishlab chiqarishda ixtisoslashtirishning miqyosi bu tovar bozorin-
ing hajmiga bog‘liq bo‘ladi. 


28 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin