25
«Mehnat» – ish haqi.
«Kapital» – foiz.
«Tadbirkorlik» – foyda.
Ishlab chiqarishda omillarning o‘zaro
harakati natijasida
mahsulot,
ne’mat
yaratiladi. Uni turli darajalarda hisoblash va turli xil ko‘rsatkichlar
bilan belgilash mumkin:
Mahsulot
– firma, tarmoq miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonida ya-
ratiladigan moddiy ashyoviy mahsulot.
Tovarlar
– ishlab chiqarilgandan so‘ng
bozorga kelib tushadigan
iqtisodiy mahsulot.
Ishlar
– baholanishi va haq to‘lanishi kerak bo‘lgan
foydali natija
sifatida qaraladigan mehnat faoliyati: qurilish montaj, loyiha-konstruktorlik,
ta’mirlash va boshqa ishlar.
Xizmatlar
–
narsalar, mahsulotlarning sifatini o‘zgartirish: yuvish,
o‘rgatish, o‘qitish, tarmoqlash, axborot taqdim etish va hokazo bo‘yicha
iqtisodiy faoliyat.
Butun mamlakat ishlab chiqarishi barcha tarmoq
firmalarining bir yil
davomida yaratgan ne’matlari yig‘indisi sifatida taqdim etiladigan iqtisodiy
mahsulotni «jamiyatning yig‘ilgan mahsuloti» deb atash qabul qilingan.
Nazoart savollari
1. Iqtisodiy resurslarning (ishlab chiqarish omillarining)
asosiy turlari
qanday?
2. Mulk egasi o‘z mulkiga nisbatan qanday asosiy huquqlariga ega?
3. Nima uchun odamlar har doim iqtisodiyot
sohasida tanlov qilishlari
kerak?
4. Ishlab chiqarish nima degani?
5. Unumdorlik nima?
6. Ishlab chiqarishning asosiy turlarini aytib bering.