22
Mehnatning shaxsiy omili
– mehnat
faoliyatining moddiy omillari,
mehnat predmetlari va vositalari,
shuningdek, atrofni o‘rab turuvchi tabiiy
va ijtimoiy muhit bilan o‘zaro harakat qiluvchi
mehnat jarayoni subyektidir
.
Mehnatning ikki yoqlama harakatlari – mehnatning tovar ishlab
chiqarishni sharoitidagi:
Bir
tomondan, mehnat aniq bo‘ladi va tovarning iste’mol qiymatini
yaratish.
Boshqa tomondan esa mehnat mavhum bo‘lib
har bir tovarda uning
qiymatini tashkil etish xarakterlaridir.
Jonli
mehnat
– odamning moddiy ne’matlarini yaratishga
yo‘naltirilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir.
Yollanma mehnat
– o‘zi mulk egasi bo‘lmagan
korxonada yollanish
shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan yollanma xodimning mehnati.
Ishlab chiqarish vositalari
– odamlar tomonidan moddiy ne’matlar ish-
lab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan mehnat
vositalari va mehnat predmetlarining yig‘indisi. Mehnat vositalari yordamida
inson iste’mol qiymatini yaratish maqsadida mehnat predmetiga ta’sir qiladi.
Dostları ilə paylaş: