Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Maksimallik tamoyili
– maksimum, eng ko‘p darajada foyda, daro-
mad, olishga foydalilik, talab va ehtiyojlarning qondirilishiga erishishga in-
tilishdir. 


17 
Minimallik tamoyili
– xo‘jalikni minimum, eng kam darajadagi zarar, 
xarajat, sarf yo‘qotish bilan yuritish. 
Masalan, mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishda eng kam – minimal 
xarajatlar qilib, maksimal foyda olish maqsadi qo‘yiladi. 
Talablarning cheklanmaganligi sababli iqtisodiyotning o‘z cheklangan 
resurslaridan maksimal foydalanish muhimdir. Bu biz uchun juda muhim 
bo‘lgan samaradorlik tushunchasiga olib keladi. 
Samaradorlik
– yo‘qotishlarning mavjud bo‘lmasligini yoki iqti-
sodiyot resurslaridan odamlarning ehtiyojlari va xohishlarini qondirish 
uchun qanchalik imkon bo‘lsa, u shunchalik samarali foydalanish hisobla-
nadi. 
Odamlarning xo‘jalik faoliyati - 
turli xil holatlar va jarayonlarning 
murakkab hamda chigal majmuidan iboratdir. Unda to‘rtta bosqich: xususan 
ishlab chiqarishning o‘zi, taqsimot, almashinuv va iste’mol ajralib turadi. 
Ishlab chiqarish
– bu insonning yashashi va rivojlanishi uchun zarur 
bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarini yaratish jarayonidir. 
Taqsimlash
– ishlab chiqarilgan mahsulotda har bir xo‘jalik yurituvchi 
subyektning ishtirok etishi (miqdori, proporsiyasi)ni aniqlash jarayonidir. 
Almashinuv
– moddiy ne’matlar va xizmatlarni bir subyektdan ikkin-
chisiga harakatlantirish jarayoni va ijtimoiy mahsulot almashinuvini yuzaga 
keltiruvchi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning ijtimoiy aloqalarin-
ing shaklidir. 
Iste’mol
– ishlab chiqarish 
natijalarini, talablarni qondirish uchun
ish-
latish jarayonidir. 
Bu bosqichlarning hammasi o‘zaro aloqada va o‘zaro harakatda 
bo‘ladilar. 
Ammo inson xo‘jalik faoliyatining ushbu bosqichlarining o‘zaro 
aloqalarini ta’riflashdan avval, shuni ta’kidlash zarurki, har qanday ishlab 
chiqarish 
ijtimoiy
va 
uzluksiz jarayondir
: U doimiy ravishda takrorlanib, 
tarixan rivojlanadi
– eng sodda shakllardan zamonaviy yuqori darajada un-
umdor ishlab chiqarishga bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. 
Ishlab chiqarishning bu tiplarining bir-biriga qanchalik o‘xshash 
emasligiga qaramasdan ishlab chiqarishga mansub bo‘lgan umumiy joylarni 
ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Umuman olganda ishlab chiqarish insonning 
predmetlariga va tabiat 
kuchlariga ularni u yoki bu ehtiyojlarini qondirishga moslashtirish maqsa-
didagi
ta’siri jarayonidir. 
Alohida shaxsning, turli guruhlarning, butun jamiyatning xo‘jalik faoli-
yati ma’lum bir sharoitlarda, ma’lum holatda iqtisodiy muhitda amalga 
oshiriladi. 


18 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin