Iqtisodiyot asoslari


XO‘JALIK YURITISHNING ZARURIYATI



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128
iqtisodiyot asoslari

XO‘JALIK YURITISHNING ZARURIYATI 
Xo‘jalik faoliyati
maqsadga muvofiq faoliyatdir, ya’ni u odamlarning 
xo‘jalik yuritish jarayonidagi
ma’lum bir hisob-kitobga asoslangan va tal-
ablar qondirishga yo‘naltirilgan harakatlaridir. 
Xo‘jalik yuritish jarayonida
odamning 
hayot faoloiyati
bir tomondan 
esa energiya, resurslar va hokazolarni 
sarflashda
ikkinchi tomondan esa 
hayotiy xarajatlarni 
tegishlicha to‘ldirishda
namoyon bo‘ladi. Bunda 
iqti-
sodiy subyekt
(xo‘jalik faoliyatidagi odam) oqilona, ya’ni xarajatlar va 
foydalarni taqqoslash yo‘li bilan harakat qilishga intiladi. 
Inson hayoti va faoliyatining muhim xususiyati uning moddiy dun-
yoga bog‘liqligidir
. Bir xil moddiy ne’matlar shunday miqdorda, shunday 
shaklda mavjudki, ulardan inson har joyda va hamma vaqt foydalanish im-
koniyatiga ega. Ularga bo‘lgan 
talablarni qondirish
hech qanday kuch sar-
flashni va qurbonlikni talab qilmaydi. Bular 
erkin va in’om etilgan 
ne’matlardir
. Shunday sharoitlar mavjud bo‘lib saqlanib turar ekan, bu 
ne’matlar va ularga bo‘lgan talablarni qondirish insonning tashvish tortishi 
predmeti bo‘lmaydi. 
Boshqa 
moddiy ne’matlar
cheklangan miqdorlarda
mavjuddir. Ularga 
mavjud bo‘lgan talablarni 
qondirish
, ularga yetarli miqdorda ega bo‘lish 
uchun ularni topish hamda talablarga moslashtirish uchun kuch va harakat 
sarflash kerak bo‘ladi. 
Bu ne’matlar «xo‘jalik ne’matlari» deyiladi. Bu ne’matlarni qo‘ldan 
chiqarish, yo‘qotish zararni tashkil etadi, ularning o‘rnini qoplash yangitdan 
kuch sarflash xarajat va qurbonliklar talab qiladi. Odamlarning farovonligi 
shularga bog‘liqdir. Shuning uchun xo‘jalik yurituvchi bilan ehtiyotlik
tejamkorlik bilan me’yorida, hisob-kitobni qilgan holda muomala qiladi. 
«Iqtisodiyot» so‘zi ikki ma’noda: firma, tarmoq, viloyat mamlakat (ma-
salan, O‘zbekistonning iqtisodiyoti)ni «xo‘jalik jihatdan joylashishi, faoliyat 
yuritishi» tushunchasining sinonimi va uzoq o‘tmishda vujudga kelgan va 
dastlab inson faoliyatining juda tor sohasini ko‘rib chiqqan fan ma’nosida 
ishlatiladi. 
Iqtisodiyot
– resurslarning cheklanganligi sharoitlarida oqilona yuritish 
haqidagi fandir. 
Optimallik mezonlari bu yerda – xarajatlar, sarflar va natijalar daro-
madlarning nisbatidir. 
Bu iqtisodiyot tamoyillari tushunchasiga olib keladi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin