XO‘JALIK YURITISHNING ZARURIYATI Xo‘jalik faoliyati maqsadga muvofiq faoliyatdir, ya’ni u odamlarning
xo‘jalik yuritish jarayonidagi ma’lum bir hisob-kitobga asoslangan va tal-
ablar qondirishga yo‘naltirilgan harakatlaridir.
Xo‘jalik yuritish jarayonida odamning
hayot faoloiyati bir tomondan
esa energiya, resurslar va hokazolarni
sarflashda ikkinchi tomondan esa
hayotiy xarajatlarni
tegishlicha to‘ldirishda namoyon bo‘ladi. Bunda
iqti- sodiy subyekt (xo‘jalik faoliyatidagi odam) oqilona, ya’ni xarajatlar va
foydalarni taqqoslash yo‘li bilan harakat qilishga intiladi.
Inson hayoti va faoliyatining muhim xususiyati uning moddiy dun- yoga bog‘liqligidir . Bir xil moddiy ne’matlar shunday miqdorda, shunday
shaklda mavjudki, ulardan inson har joyda va hamma vaqt foydalanish im-
koniyatiga ega. Ularga bo‘lgan
talablarni qondirish hech qanday kuch sar-
flashni va qurbonlikni talab qilmaydi. Bular
erkin va in’om etilgan ne’matlardir . Shunday sharoitlar mavjud bo‘lib saqlanib turar ekan, bu
ne’matlar va ularga bo‘lgan talablarni qondirish insonning tashvish tortishi
predmeti bo‘lmaydi.
Boshqa
moddiy ne’matlar cheklangan miqdorlarda mavjuddir. Ularga
mavjud bo‘lgan talablarni
qondirish , ularga yetarli miqdorda ega bo‘lish
uchun ularni topish hamda talablarga moslashtirish uchun kuch va harakat
sarflash kerak bo‘ladi.
Bu ne’matlar «xo‘jalik ne’matlari» deyiladi. Bu ne’matlarni qo‘ldan
chiqarish, yo‘qotish zararni tashkil etadi, ularning o‘rnini qoplash yangitdan
kuch sarflash xarajat va qurbonliklar talab qiladi. Odamlarning farovonligi
shularga bog‘liqdir. Shuning uchun xo‘jalik yurituvchi bilan ehtiyotlik,
tejamkorlik bilan me’yorida, hisob-kitobni qilgan holda muomala qiladi.
«Iqtisodiyot» so‘zi ikki ma’noda: firma, tarmoq, viloyat mamlakat (ma-
salan, O‘zbekistonning iqtisodiyoti)ni «xo‘jalik jihatdan joylashishi, faoliyat
yuritishi» tushunchasining sinonimi va uzoq o‘tmishda vujudga kelgan va
dastlab inson faoliyatining juda tor sohasini ko‘rib chiqqan fan ma’nosida
ishlatiladi.
Iqtisodiyot – resurslarning cheklanganligi sharoitlarida oqilona yuritish
haqidagi fandir.
Optimallik mezonlari bu yerda – xarajatlar, sarflar va natijalar daro-
madlarning nisbatidir.
Bu iqtisodiyot tamoyillari tushunchasiga olib keladi.