14
bermaydi. Nazariya hamma muammolarni javoblarini anglab yetishning
vositasi, usulidir xolos. Shu bilan birga har bir odam
iqtisodiy munosaba-
tlarning ishtirokchisi, iqtisodiy tizimning subyektidir. Demak, bu vositadan
xabardor bo‘lish, iqtisodiy nazariyaning asoslarini bilish ko‘plab hayotiy
vaziyatlarda tanlovni to‘g‘ri qilishga yordam berishi mumkin.
Iqtisodiyot: cheklanganlik va tanlov haqidagi fandir
«Iqtisodiyot»
–
odatda samaradorlik, tejamkorlik resurslardan oqilona
foydalanish kabi tushunchalar bilan qo‘shib ular uyg‘unligida
qabul qi-
linadi, tushuniladi. So‘z yunoncha «oikonemia» – xo‘jalikni boshqarishdan
yasalgan.
«Iqtisodiy nazariya» – bu odamlar cheklangan resurslardan to-
varlar ishlab chiqish va xizmatlar ko‘rsatishda ularni oqilona taqsim-
lab va almashib o‘zlarining cheklanmagan talablarini insonning qobili-
yatlari va imkoniyatlarini har tomonlama rivojlantirish maqsadida
qondirishga harakat qilib foydalanishga intilishlari haqidagi fandir.
Hammaning
cheklanmagan
talablarni
qondirish
mumkin
bo‘lmaganligidan
har bir kishi, firma yoki davlat orasidagi eng zarurlarini
tanlab olishlari kerak. Bunda ularning har biri ko‘proq narsa olish va iqtisod
qilib qolishga intiladi.
Buni
nazarda tutgan holda biz
Dostları ilə paylaş: