17
Minimallik tamoyili
– xo‘jalikni minimum, eng kam darajadagi zarar,
xarajat, sarf yo‘qotish bilan yuritish.
Masalan, mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishda eng kam – minimal
xarajatlar qilib, maksimal foyda olish maqsadi qo‘yiladi.
Talablarning cheklanmaganligi sababli iqtisodiyotning o‘z
cheklangan
resurslaridan maksimal foydalanish muhimdir. Bu biz uchun juda muhim
bo‘lgan samaradorlik tushunchasiga olib keladi.
Samaradorlik
– yo‘qotishlarning mavjud bo‘lmasligini yoki iqti-
sodiyot resurslaridan odamlarning ehtiyojlari
va xohishlarini qondirish
uchun qanchalik imkon bo‘lsa, u shunchalik samarali foydalanish hisobla-
nadi.
Odamlarning xo‘jalik faoliyati -
turli xil
holatlar va jarayonlarning
murakkab hamda chigal majmuidan iboratdir. Unda to‘rtta bosqich: xususan
ishlab chiqarishning o‘zi, taqsimot, almashinuv va iste’mol ajralib turadi.
Ishlab chiqarish
– bu insonning yashashi va rivojlanishi uchun zarur
bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarini yaratish jarayonidir.
Taqsimlash
– ishlab chiqarilgan mahsulotda har bir xo‘jalik yurituvchi
subyektning ishtirok etishi (miqdori, proporsiyasi)ni aniqlash jarayonidir.
Almashinuv
– moddiy ne’matlar va xizmatlarni
bir subyektdan ikkin-
chisiga harakatlantirish jarayoni va ijtimoiy mahsulot almashinuvini yuzaga
keltiruvchi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning ijtimoiy aloqalarin-
ing shaklidir.
Iste’mol
– ishlab chiqarish
natijalarini, talablarni qondirish uchun
ish-
latish jarayonidir.
Bu bosqichlarning hammasi o‘zaro aloqada va o‘zaro harakatda
bo‘ladilar.
Ammo inson xo‘jalik faoliyatining ushbu bosqichlarining o‘zaro
aloqalarini ta’riflashdan avval, shuni ta’kidlash zarurki,
har qanday ishlab
chiqarish
ijtimoiy
va
uzluksiz jarayondir
: U doimiy ravishda takrorlanib,
tarixan rivojlanadi
– eng sodda shakllardan zamonaviy yuqori darajada un-
umdor ishlab chiqarishga bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.
Ishlab chiqarishning bu tiplarining bir-biriga qanchalik o‘xshash
emasligiga qaramasdan ishlab chiqarishga mansub bo‘lgan umumiy joylarni
ajratib ko‘rsatish mumkin.
Umuman olganda
ishlab chiqarish insonning
predmetlariga va tabiat
kuchlariga ularni u yoki bu ehtiyojlarini qondirishga moslashtirish maqsa-
didagi
ta’siri jarayonidir.
Alohida shaxsning, turli guruhlarning, butun jamiyatning xo‘jalik faoli-
yati ma’lum bir sharoitlarda, ma’lum holatda
iqtisodiy muhitda amalga
oshiriladi.