unumdorlik - mahsulot hajmi-xarajatlar mehnat unumdorligi ishchining bir soat ichida ishlab chiqargan mahsulotining hajmi bilan o‘lchanadi.
Ishlab chiqarish va mehnat unumdorligi o‘rtasidagi farq Ikki firma bir xil poyabzal chiqarayapti deb faraz qilaylik. Ularning bir
haftalik mahsuloti:
X firmasida – 10000 juft poyabzal;
Y firmasida – 50000 juft poyabzalni tashkil etadi.
Bunga ko‘ra Y firmasi X firmasiga qaraganda 5 marta ko‘p mahsulot
ishlab chiqaradi deyish mumkin. Ammo, bu ushbu firmalarning ishlashla-
rining samaradorligi haqida hech qanday ma’lumot bermaydi. Agar X fir-
maning mehnat va kapital sarfi Y firmasidagiga qaraganda, 5 marta kam
bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning asosiy turlari Tovarlar ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi turli xildagi
ko‘pchilik tarmoqlar uchta katta guruhga bo‘linadilar:
Birlamchi guruh deb ishlab chiqarish jarayonning birinchi bosqichini
ta’minlovi tarmoqlarga aytiladi. Ular ham materiallarni qazib olish, topish,
yetishtirish yo‘li bilan ishlab chiqaradilar. Bu qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon
sanoati, o‘rmonchilik, baliqchilikdir.
Ikkilamchi tarmoqlar – ishlab chiqarish jarayonining ikkinchi bosqichini
ta’minlovchi ishlov beruvchi tarmoqlardir. Ular xom-ashyoni tayyor mahsulot
yoki yarim fabrikatga aylantiradilar.
Uchlamchi tarmoqlar – bu
tarmoqlar birlamchi va ikkilamchi tar-
moqlarning korxonalariga, shuningdek, bevosita iste’molchilarga
turli xildagi xizmatlarni ko‘rsatadilar. Bular banklar, sug‘urta kompaniyalarining
xizmatlari transport, savdo va hokazo xizmatlaridir.
Iqtisodiyot va ekologiya Mana bir necha asrlar davomida, insoniyat tabiatining hayotiga
aralashib, undan foydalanib keladi. Xo‘jalik yuritishining atrof-muhit ta’siri
tabiiy resurslardan noratsional foydalanishda, ishlab chiqarish chiqindilari
va axlatlar bilan havoni, suvni, yerni ifloslantirishda va boshqa ko‘pgina
salbiy holatlarning yuzaga kelishida o‘z aksini topgan.
Bu masalalar bilan iqtisodiyotdagi alohida yo‘nalish «tabiiy resurslar va
atrof-muhit iqtisodiyoti» shug‘ullanadi.
Atrof-muhitni bulg‘ovchi iqtisodiy sabablar quyidagilardir: