Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Mehnat predmetlari
– ishlab chiqarish vositalarining inson mehnatiga 
yo‘naltirilgan qismi. Mehnat predmetlari yo tabiat tarafidan berilgan bo‘ladi 
yoki mehnat mahsuloti bo‘ladi. 
Mehnat vositalari (mehnat qurollari)
odamlar ular yordamida 
mehnatga, narsalarga ta’sir ko‘rsatib, narsalarning ko‘rinishlarini o‘z 
maqsadlari va talablariga muvofiq ravishda o‘zgartiradigan ishlab chiqarish 
vositalarining yig‘indisidir. 
Yer
(tabiiy resurslar)ning ishlab chiqarish omili ekanligi haqida 
gapirganimizda biz sayyoramizda mavjud bo‘lgan va iqtisodiy ne’matlar 
ishlab chiqarish uchun yaraydigan barcha tabiiy resurslarni nazarda tutamiz. 
Tabiiy resurslarning ayrim unsurlari (elementlari)ning o‘lchamlari odatda u 
yoki bu maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarning maydoni, suv resurslari yoki 
yer ostidagi foydali qazilmalarni hajmlari bilan ifodalanadi. 
Yer
– unumdor 
bo‘lishi uchun odatda mehnat va kapital bilan qo‘shilishi kerak bo‘lgan aso-
siy ishlab chiqarish omillaridan biridir. 
Yer 
– tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, uylar, shaharlar, yo‘llar qurish 
uchun foydalanish mumkin bo‘lgan «tabiatning tekin ne’mati», tabiiy resur-
sidir. 
Kapital
haqida gapirganimizda biz odamlar o‘z kuchlarini oshirish va 
zarur ne’matlarni tayyorlash imkoniyatlarni kengaytirish uchun yaratgan 
ishlab chiqarish texnik apparatini hammasini nazarda tutamiz. Soddaroq qi-
lib aytganda, kapital ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bino va inshootlar
dastgohlar, uskunalar, temir yo‘llar, ya’ni tovarlar ishlab chiqarish va xiz-


23 
matlar ko‘rsatishning zamonaviy texnologiyalarini amalga oshirishni 
qo‘llash uchun zarur bo‘lgan hamma narsalardan iboratdir. Kapitalning 
hajmi odatda, uning summalar qiymati bilan o‘lchanadi. 
Kapital
– bu odamlar tomonidan yaratilgan, tovarlarni ishlab chiqarish 
va xizmatlarini ko‘rsatishda foydalaniladigan ishlab chiqarish vositalari 
hamda pul jamg‘armalaridir. Bu vositalarni ishlab chiqarish va to‘plash ja-
rayoni investitsiyalash deb ataladi. 
Bunda yana ikki holatni ko‘rsatib o‘tish lozim. 
Birinchidan, 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin