21
ISHLAB CHIQARISH OMILLARI (IChO)
Iqtisodiy resurslar. Ishlab chiqarish omillari
Iqtisodiy tizimda ishlab chiqarish omillarining o‘zaro
hamkorlikdagi
harakati markaziy o‘rinni egallaydi.
Ishlab chiqarish omillarining tasnifi
Ishlab chiqarish omillari
– ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan va chiqari-
layotgan mahsulotning miqdori ularga ma’lum darajada bog‘liq bo‘lgan resurs-
lardir. Ishlab chiqarish omillariga talab erkin bo‘lib,
u ushbu omillar ishlab
chiqarish jarayonida qatnashganlari tufayli mavjuddir. Demak, ishlab chiqarish
jarayoni yo‘q bo‘lsa, bunday omillarga talab ham bo‘lmaydi.
Iqtisodiyot fanidagi to‘rtta asosiy ishlab chiqarish omili bu –
yer,
mehnat, kapital
, shuningdek,
tadbirkorlik qobiliyatidir.
Ishlab chiqarish omillari:
Tabiiy resurslar – «yer».
Odam resurslari – «mehnat».
Ishlab chiqarish resurslari – «kapital».
Mehnat
ning ishlab chiqarish omili ekanligi haqida gapirganimizda biz
odamlarning o‘zlarining jismoniy va aqliy imkoniyatlari, shuningdek, ta’lim
olish paytida qo‘lga kiritilgan ko‘nikmalar va ish tajribalarini ishga solish
yo‘li bilan tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha
faoli-
yatini nazarda tutamiz. Boshqacha qilib aytganda, ishlab chiqarish faoliyati-
ni tashkil qilish uchun odamlarning qobiliyatlari qandoq bo‘lsa, shundoq
sotib olinmasdan, balki bu qobiliyatlardan ma’lum
vaqt davomida, ma’lum
bir turdagi ne’matlarni sotish uchun foydalanish huquqi qo‘lga kiritiladi.
Shunday qilib, mehnatni sotib olish deganda aniq mehnat xizmatlarini vaq-
tning ma’lum bir davriga sotib olish nazarda tutiladi.
Bu jamiyatning mehnat resurslarining hajmi mamlakatning mehnatga
qobiliyatli aholisining soniga va bu aholi yil davomida ishlab berishi mum-
kin bo‘lgan vaqt miqdoriga bog‘liq demakdir.
Dostları ilə paylaş: