44
TAKOMILLASHMAGAN BOZORLARDA
TAKOMILLASHGAN RAQOBAT MODELLARIGA
NARX QO‘YISH
Narx va bozor
Baho va qiymat nima?
Iqtisodda, «qiymat», aynan almashinuvdagi qiymat so‘zi alohida
ma’noga ega. Boshqacha qilib aytganda, narsa, buyumning
qiymati uni al-
mashtirish mumkin bo‘lgan predmetlar orqali ifodalanadi.
Pulda ifodalangan baho (narx) almashish qiymatining o‘lchovidir. U
ushbu buyum boshqalarga nisbatan qancha turishini ko‘rsatadi.
Biz sotib oladigan ko‘pchilik tovarlarning narxini
bozor omillari,
ya’ni
talab va taklif belgilaydi.
Taklif – bu odamlarning tovarlarni sotishga
chiqarishga tayyorgarligi va imkoniyati, talab esa – bu odamlarning
ushbu tovarlarni sotib olishga tayyorligi va imkoniyatlari.
Talab.
Iqtisodiyotda «talab» so‘zi tovar
yoki xizmatni xarid qilish, qo‘lga ki-
ritish istagi, shuningdek, ular uchun haq to‘lashga tayyorgarlik va imkoniyat
ma’nosini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, tovar yoki xizmatning taklifi
faqat ularga talab bo‘lgan paytdagina mavjud bo‘ladi.
Talab – bu mahsulotning iste’molchilar ma’lum bir narxlarda, vaq-
tning ma’lum bir davrida sotib olishga tayyor bo‘lgan miqdoridir.
Narx va xaridorlar miqdori o‘rtasida bog‘liqlik borligini payqash qiyin
emas, ya’ni tovarning narxi qancha past bo‘lsa, u shuncha ko‘p miqdorda
sotib olinishi mumkin. Bu bog‘liqlikni
iqtisodiyot nazariyasida
Dostları ilə paylaş: