38
maralari uchun tavon to‘lash, bunday natijalarni bartaraf etish yoki ularga
yo‘l qo‘ymaslik uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga oladi.
Bozor xo‘jaligida aniq korxona yoki firma mahsulotni ishlab chiqarish
va sotish xarajatlarining hisob-kitobiga shu mahsulotning bozordagi raqobat
natijasida qo‘yiladigan narxi qarama-qarshi turadi. Ularning keyingisi sotu-
vchi va xaridor o‘rtasidagi erishilgan kelishuv (kompromiss) bo‘lgan
talab
va taklifning nisbatining
narxda aks ettirilishiga olib keladi.
Shunday tarzda hosil bo‘ladigan mexanizmning
amal qilishi ancha
takomillashgan: jamiyatning talablari zaruriy izchillik bilan qondiriladi.
Shunga qaramay ta’rifi keltirilgan mexanizm ayrim kamchiliklarga ham
ega, ulardan eng muhimi vaqti-vaqti bilan tovarlarni ortiqcha ishlab
chiqarishining vujudga kelishidir.
Umuman olganda, albatta, bozor mex-
anizmining imkoniyatlari cheklangan emas. U hamma talablarni emas, balki
so‘rov orqali ifodalangan talablarnigina qondirish imkonini beradi. Bunda,
eng avvalo, jamoaviy foydalaniladigan tovarlar va xizmatlar yoki yana
«ijtimoiy jamoaviy» tovarlar deb ataluvchi –
milliy mudofaa, davlat
boshqaruvi yagona energetika tizimi, jamoat tartibini
saqlash va boshqalar
tushib qoladi. So‘ngra, bozor tizimi insonga munosib hayot, ishlashni
xohlovchi va bunga qobil bo‘lganlarga mehnat qilish huquqini ta’minlovchi
farovonlikni ma’lum standartlarda amalga oshirishni kafolatlamaydi.
Yirik
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, tarixiy va milliy omillar bilan
bog‘liq bo‘lgan mintaqaviy muammolarni hal
qilishda bozor mexanizmi
hamma vaqt ham samarali bo‘lavermaydi.
Shunisi ham ravshanki, bozor ijobiy natija bera olmaydigan joyda
davlatning aralashishi talab qilinadi.
Hozirgi zamon iqtisodiyotidagi narxlar tizimi juda murakkab, lekin de-
tallashtirilishdan qochilsa, unining asosiy uchta turini keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: