Iqtisodiyot” fakulteti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi


Mavzu bo‘yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash



Yüklə 66,9 Kb.
səhifə4/9
tarix12.05.2023
ölçüsü66,9 Kb.
#112471
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Психологиядан мустақил иш

Mavzu bo‘yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash.
Talabaga mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo‘lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigan savollar tuzish vazifasi topshiriladi.
Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko‘zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali jihatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beriladi.
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Talabaga biron-bir mavzu bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi ham tanlashi mumkin) ilmiy maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to‘playdi.
Talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalari ham talabalar mustaqil ishlarining shakllaridan biridir. Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalar ilmiy-nazariy konferensiyasini tashkil etish orqali o‘z ishini guruhning kasbiy yo‘naltirilganligini, a’zolarining yosh tarkibini, qiziqishlarini hisobga olib, tabaqalashgan holda tashkil qilishi kerak. Faqat shu holdagina talabalarning konferensiyani o‘tkazishda faol ishtiroki va manfaatdorligi ta’minlanadi. Talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalarini bosqichma-bosqich o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. «Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)» bo‘yicha talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalarini quyidagi bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
1-bosqich – fan o‘qitilayotgan barcha o‘quv guruhlarida konferensiyalarni o‘tkazish;
2-bosqich – har bir guruhda tanlab olingan talabalarning eng yaxshi ma’ruzalarini fakultet va fakultetlararo konferensiyaga taqdim etish va o‘tkazish;
3-bosqich – fakultetlararo konferensiyada tanlab olingan eng yaxshi ma’ruzalarni umumuniversitet ilmiy-nazariy konferensiyasiga taqdim etish.
Butun guruhlar uchun yagona bo‘lgan konferensiya mavzusini tasdiqlab, talabalarning ma’ruza va chiqishlarini guruhlarning qiziqishlariga qarab ixtisoslashtirish mumkin.



  1. Yüklə 66,9 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin