2-chizma. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari. Bozor iqtisodiyotni bunday bosqichlarga ajratilishi, fikrimizcha, quyidagi mulohazalarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi:
Birinchidan, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi turli mamlakatlarda turli tarixiy davr va sharoitlarda turlicha kechgan. Natijada, alohida bosqich sifatidagi dastlabki, «kurtak» bozor iqtisodiyotning umumiy iqtisodiy manzarasi uning amal qilishining nazariy qoida va xususiyatlarini aniq tarzda ajratish va ifodalash mushkul. Shunga ko’ra, mazkur bosqich o’zining
mohiyatini klassik bozor iqtisodiyoti bosqichida to’liq ifodalaydi, degan xulosa o’rinlidir.Ikkinchidan, deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti bosqichining ajratib ko’rsatilishi mantiqqa zid hisoblanadi. Chunki, muallifning o’zi tomonidan keltirilgan yorqin misol – ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar, markaziy rejalashtiradigan tizim – o’z nomiga ko’ra hech qanday bozor iqtisodiyoti emas, balki ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo’lgan bir qator shart-sharoitlar bo’lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg’or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi.
3.Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va kamchiliklari.
Bozor iqtisodiyotining afzalliklari bizning oldingi bayon qilgan tahlillarimizdan va fikrlarimizdan ma’lumdir. Bu tahlillardan uchtasi ayniqsa e’tiborga loyiq.
1) Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg’unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo’llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
2) Erkinlik – bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustivorlik beradi. Ko’plab ayrim shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg’unlashtirish tashkil qilishning asosiy muammolaridan biridir. Bunday uyg’unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Biri — markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo’llash; ikkinchisi – bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlik. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uyg’unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.
3) Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’lishadi. Chunki xo’jasizlik, susqashlik, beg’amlik har qanday xo’jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilarni xarakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.
Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko’rib chiqilgan aosiy afzalliklari bilan bir qatorda boshqa ko’plab ijobiy jihatlarini ham sanab o’tish mumkin. Jumladan:
- uning ishlab chiqarishning o’zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko’nikishining yuqori darajasi;
-fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning jadal sur’ati;
- turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;
- buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;
-cheklangan axborot – turli resusrlarning narx darajasi va ularning sarflanish darajasiga yo’nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati.
Bozor iqtisodiyotining ziddiyatlari shundaki, bozor iqtisodiyoti o’zining bosh nazorat mexanizmi — raqobatning kuchsizlanishiga yo’l qo’yadi va hatto buni rag’batlantiradi. Bunday iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud.
1) Bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o’z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo’lidan ozod bo’lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo’shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat — bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’sirining pasayib borishiga olib keladi.
2) Bozor tizimi rag’batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo’lishini; v) kompleksli, markazlashgan va qat’iyan bir butun bo’lib birlashgan bozorning tarkib topishi; g) boy va ishonchli xom-ashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo’llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko’p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko’p bo’lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lishini taqozo qiladi.
Bozor tizimi jamiyatni ehtiyoji yuqori bo’lgan tovarlar bilan ta’minlashiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga ham putur etkazadi. Bozor tizimi o’zining iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslarni taqsimlash layoqatini ham yo’qotib borishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog’liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin.
Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan biri - shundan iboratki, u ijtimoiy iste’mol qilinadigan ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo’ladi.
Tovarlar hajmi bilan pul massasi o’rtasidagi ro’y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligi ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati hisoblanadi va bu - pulning qarsizlanishi - inflyatsiya bilan birga boradi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi kamchilik yoki salbiy jihatlari ham mavjud:
- atrof muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan muhofaza qilish mexanizmining mavjud emasligi;