Iqtisodiyot” kafedrasi “Biznesni rejalshtirish” fanidan kurs ishi mavzu


Biznes-rejani amalga oshirish uchun investitsiyalar samaradorligini baholash ko’rsatkichlari va ularni hisoblash uslubiyati



Yüklə 56,15 Kb.
səhifə6/12
tarix02.06.2023
ölçüsü56,15 Kb.
#122142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishi

3. Biznes-rejani amalga oshirish uchun investitsiyalar samaradorligini baholash ko’rsatkichlari va ularni hisoblash uslubiyati
Biznes-reja yoki investitsion loyhaning samaradorligi ko‘rsatkichlari loyiha qarorlarini texnikaviy, texnologik va tashkiliy nuqtai nazaridan tavsiflab beradi.
Loyiha samaradoligi loyihaning jalb etiladigan hamkorlar uchun jozibadorlig-ini aniqlash va moliyalash manbalarini qidirish maqsadida baholanadi.
U o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- loyihaning tijorat samaradorligi
- loyihaning ijtimoiy (ijtimoiy-iqtisodiy) samaradorligi

Investitsiyalar samaradorligini baholash investitsion qarorlar qabul qilish jarayonidagi mas‘uliyati eng yuqori bo‘lgan bosqichlardan biridir.


Kompaniyaning rivojlanish sur‘ati va kiritilgan kapitalni qaytarish muddatlari baholashning qanchalik obyektiv va har tomonlama amalga oshirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Buni ko‘p jihatdan baholashning zamonaviy usullardan foydalanish belgilab beradi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, oldingi paytda mamlakatimizda kapital qo‘yilmalar samaradorligini baholash usullarini unchalik qoniqarli deb hisoblab bo‘lmasdi. Bu maqsadda qo‘llanuvchi ikkala ko‘rsatkich samaradorlik koeffitsienti (o‘rtacha yillik foyda miqdorining kapital qo‘yilmalar hajmiga nisbati) va o‘zini qoplash muddati (unga teskari ko‘rsatkich) bir qator jiddiy kamchiliklarga ega bo‘lib, ular real investitsiyalar samaradorligini baholashda obyektiv ma‘lumot olishga imkon bermaydi.
Bu kamchiliklar nimalardan iborat? Ulardan biri sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlarning har bittasini hisob-kitob qilishda vaqt omili hisobga olinmasligidadir – foyda va investitsiya mablag‘lari hajmi haqiqiy qiymatga keltirilmaydi. Demak, hisob-kitob jarayonida oldindan solishtirib bo‘lmaydigan ko‘rsatkichlar – investitsiyalar summasi hozirgi qiymatda va foyda summasi kelajakdagi qiymatda beriladi. Yana bir kamchilikka ko‘ra investitsiya qilingan kapitalni qaytarish ko‘rsatkichi sifatida faqat foyda qabul qilingan. Biroq amalda investitsiyalar sof foyda va amortizatsiya ajratmalaridan iborat pul oqimi ko‘rinishida qaytariladi. Demak, investitsiyalar samaradorligini faqat foyda asosida baholash hisob-kitob natijalarini juda o‘zgartirib yuboradi. Va nihoyat, uchinchi kamchilik shundan iboratki, ko‘rib chiqilayotgan ko‘rsatkichlar investitsiya loyihasi to‘g‘risida faqat bir tomonlama baho olishga imkon beradi, chunki ularning ikkalasi ham bir xil boshlang‘ich ma‘lumotlardan foydalanishga asoslanadi.
Real investitsiyalar samaradorligini baholashda xorijda amal qiluvchi, so‘nggi paytlarda O‘zbekistonda ham qo‘llana boshlagan asosiy tamoyil va uslubiy yondashuvlarni ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 56,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin