J = 1000 x 4 x 0,2 = 800 so’m.
Bu holda qo‘yilmaning kelajakdagi qiymati (S) hisoblangan foiz summasini inobatga olgan holda quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
S = P + J = P ( l + ni). Bizning misolda qo’yilmaning kelajakdagi qiymati 1800 so’mga teng bo’ladi (1000Q800). (1+ni) ko‘paytiruvchi oddiy foizlarni o‘stirish koeffitsienti deb ataladi. Uning qiymati doimo birdan katta bo‘lishi lozim.
Pul mablag‘larining diskontlash jarayonida oddiy foiz summasini (ya‘ni diskont summasini) hisoblashda quyidagi formula qo‘llanadi:
bu erda
D – investitsiyalashda belgilangan davr uchun diskont summasi (oddiy foizlar bo‘yicha);
S – sinov shartlari bilan asoslanuvchi yakuniy qo‘yilma miqdori;
n – investitsiya muddati (foiz to‘lovlari nazarda tutiluvchi davrlar sonida);
i – foydalaniluvchi diskont stavkasi, o‘nli kasr shaklida ifodalanadi.
Misol. Quyidagi shartlarga ko’ra bir yil uchun oddiy foiz bo’yicha diskont summasini aniqlash kerak bo’lsin: yakuniy summa 1000 so’m; diskont stavkasi har chorak uchun 20%. Ushbu ko’rsatkichlarni formulaga qo’yib, quyidagiga ega bo’lamiz D=1000-1000 x (1/(1+4 x 0.2)= 444 so’m. Bu holda pul mablag‘lari qiymati (P) hisoblangan diskont summasini inobatga olgan holda quyidagi formula bo‘yicha topiladi:
P = S – D = S (1 / (1+ni)) Bizning misolda bir yildan so’ng 1000 so’m olish uchun zarur bo’lgan investitsiyalarning hozirgi qiymati 556 so’mga teng (1000-444). Ikkala holatda ham qo‘llanuvchi (1/(1+ni)) ko‘paytiruvchi diskont koeffitsienti deb ataladi, uning qiymati har doim birdan kichik bo‘lishi lozim. Murakkab foiz deb, investitsiyalash natijasida har bir davr bo‘yicha hisoblangan foiz summasi har safar to‘lanmasdan, asosiy qo‘yilma miqdoriga qo‘shib borilgan hamda keyingi to‘lov paytida o‘zi ham foyda keltirgan hollarda shakllanuvchi daromad summasiga aytiladi.
Uning miqdorini hisoblashda quyidagi formuladan foydalaniladi: