Iqtisodiyot” kafedrasi “Biznesni rejalshtirish” fanidan kurs ishi mavzu



Yüklə 56,15 Kb.
səhifə4/12
tarix02.06.2023
ölçüsü56,15 Kb.
#122142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishi

Ss=P (1+i)n
Mos ravishda foiz summasi (Jc) bu holatda quyidagi formula bo‘yicha topiladi:
Js= Ss – P
Misol. Quyidagi shartlarga ko’ra qo’yilmaning kelajakdagi qiymati va murakkab foiz summasini hisoblash zarur: qo’yilmaning boshlang’ich qiymati - 1000 so’m. Foiz stavkasi har chorak uchun 20%; investitsiyalash muddati – bir yil. Ushbu ko’rsatkichlarni formulaga qo’yib, quyidagiga ega bo’lamiz:
Ss =1000 x (1+0,2)4 = 2074 so’m; Js =2074-1000=1074 so’m.
Murakkab foizlar bo‘yicha (Rs) diskontlash jarayonida pul mablag‘lari hozirgi qiymatini hisoblashda quyidagi formula qo‘llanadi: Ps=S/(1+i)n.
Mos ravishda diskont summasi (Dc) bu holatda quyidagi formula bo‘yicha topiladi:
Ds = S - Ps.
Misol. Quyidagi shartlarga ko’ra bir yil uchun pul mablag’lari haqiqiy qiymati va murakkab foizlar bo’yicha diskont summasini topish kerak bo’lsin: pul mablag’larining kelajakdagi qiymati -1000 so’m; murakkab foiz bo’yicha foydalaniladigan diskont stavkasi har chorak uchun 20%. Ushbu ko’rsatkichlarni formulaga qo’yib, quyidagiga ega bo’lamiz:
Ps=1000/(1+0,2)4 = 482 so’m, Ds = 1000 – 482 = 518 so’m.
(1+i)n va 1/(1+i)n ko‘paytiruvchilar mos ravishda o‘sish ko‘paytiruvchisi va murakkab foizlarni diskontlash ko‘paytiruvchisi deb ataladi. Matematik usullar bilan aniqlangan o‘sish va murakkab foizlarni diskontlash ko‘paytiruvchilarini hisobga olgan holda maxsus jadvallar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular yordamida belgilangan foiz stavkalari va to‘lov davri soni bilan pul mablag‘larining hozirgi yoki kelajakdagi qiymatini aniqlash oson bo‘ladi.


2.Inflyatsiyani baholash
Inflyatsiyani hisobga olgan holda investitsiya jarayonlarida pul oqimlarini to‘g‘rilash bilan bog‘liq hisob-kitoblarda ikkita asosiy tushuncha – pul mablag‘larining nominal va real (haqiqiy) qiymatidan foydalanish qabul qilingan.
Nominal qiymat pul mablag‘larining kattaligini pulning xarid qobiliyatidagi o‘zgarishlarni hisobga olmagan holda baholashni ifodalaydi.
Real qiymat esa pul mablag‘lari kattaligini inflyatsiya jarayoni natijasida pulning xarid qobiliyatini yo‘qotishini hisobga olgan holda baholashni nazarda tutadi. Bunday baholashni pul mablag‘larining kelajakdagi qiymatini aniqlashda ham, hozirgi qiymatini aniqlashda ham qo‘llash mumkin.
Investitsiya faoliyati bilan bog‘liq moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarda inflyatsiya quyidagi holatlarda hisobga olinadi va baholanadi:
1) pul mablag‘larining o‘sgan qimatini to‘g‘rilashda;
2) diskontlash uchun foydalaniluvchi foiz stavkasini inflyatsiyani hisobga olgan holda shakllantirishda;
3) inflyatsiya sur‘atlarini hisobga olgan holda investitsiya daromadlari darajasini shakllantirishda.
Inflyatsiyani baholash jarayonida ikkita asosiy ko‘rsatkich qo‘llanadi:
a) inflyatsiya sur‘ati (Tj) - ko‘rib chiqilayotgan davrda (n) o‘rtacha narx darajasining o‘sishini tavsiflaydi va o‘nli kasr bilan ifodalanadi;
b) inflyatsiya indeksi (Ij) - ko‘rib chiqilayotgan davrda (n), 1QTj ko‘rinishida aniqlanadi.
1. Inflyatsiyani hisobga olgan holda pul mablag‘lari qiymatining o‘sishini to‘g‘rilash (korrektirovka qilish) quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
S = S Ij
Ushbu formula bo‘yicha amalga oshirilgan hisob-kitoblar pul mablag‘larining o‘sish jarayonida uning inflyatsion tarkibiy qismi hisobga olinmagan holda pul mablag‘larining kelajakdagi real qiymatini aniqlashga imkon beradi.
Agarda bu jarayonda real foiz stavkasi va kutilayotgan inflyatsiya sur‘atini ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘lsa, unda pul mablag‘larining real qiymatini quyidagi formulaga asosan aniqlash mumkin bo‘ladi:

Yüklə 56,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin