Asosiy qism 1.Vaqt bo’yicha pul qiymatini hisobga olish Biznes-rejani amalga oshirish uchun pul mablag‘lari kiritishni amalga oshirish turli vaqt oralig‘ida pul mablag‘lari oqimi bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirishni talab qiladi. Bunday baholash kontseptsiyasi shunga asoslanadiki, pul qiymati vaqt o‘tishi bilan pul bozoridagi foyda normasini hisobga olgan holda o‘zgarib boradi, bu norma sifatida odatda ssuda foizi normasi qabul qilinadi. Mazkur holatda foiz deganda pul bozorida puldan foydalanish natijasida olinuvchi daromad miqdori tushuniladi. Investitsiyalash uzoq muddatli jarayon ekanligini hisobga olgan holda, investitsiya kiritilgan paytdagi pul qiymatini uni bo‘lajak foyda, amortizatsiya ajratmalari va boshqa shaklda qaytib kelish paytidagi qiymati bilan taqqoslanadi.
Investitsiya kiritish va pul mablag‘larini qaytib olish paytidagi pul qiymatini taqqoslashda ikkita asosiy tushuncha – pulning hozirgi qiymati va kelajakdagi qiymatidan foydalanish qabul qilingan. Pulning kelajakdagi qiymati hozirgi paytda investitsiya qilingan pul mablag‘larining belgilangan vaqt o‘tgandan so‘ng ma‘lum bir foiz stavkasini hisobga olgan holda aylanishi lozim bo‘lgan miqdorini ifodalaydi. Pulning kelajakdagi qiymatini aniqlash ushbu qiymatning o‘sish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, pulning boshlang‘ich miqdoriga foiz summasini (foiz to‘lovlarini) qo‘shib borish yo‘li bilan bosqichma-bosqich kattalashtirishni aks ettiradi. Bu summa foiz stavkasi bo‘yicha hisoblanadi. Investitsiya hisob-kitoblarida bu stavka nafaqat pul mablag‘lari qiymatini o‘stirish vositasi sifatida, balki yanada keng ma‘noda – investitsiya operatsiyalarining daromadlilik darajasini o‘lchash uchun ham foydalaniladi.
Pulning hozirgi qiymatikelajakda kelib tushadigan pul mablag‘larining belgilangan foiz stavkasini («diskont stavkasi») hisobga olgan holda hozirgi davrga keltirilgan miqdorini ifodalaydi. Pulning hozirgi qiymatini aniqlash bu qiymatning diskontllashuvi bilan bog‘liq bo‘lib, pul mablag‘larining belgilangan yakuniy hajmida o‘sishiga teskari operatsiyani ifodalaydi. Bu holda foiz (diskont) miqdori pul mablag‘larining yakuniy miqdoridan (kelajakdagi qiymatdan) chiqarib tashlanadi.
Bunday holat ma‘lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng oldindan belgilangan summani olish uchun bugungi kunda qancha mablag‘ investitsiya qilish kerakligini aniqlash zarur bo‘lgan hollarda vujudga keladi.
Pul mablag‘larini investitsiyalash bilan bog‘liq moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirishda qiymatning o‘sish va diskontlashuv jarayonlari oddiy hamda murakkab foizlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Oddiy foizlar odatda qisqa muddatli investitsiyalashda, murakkab foizlar esa uzoq muddatli investitsiyalashda qo‘llaniladi.
Oddiy foiz deb pul mablag‘larini investitsiyalash shartlari bilan belgilangan to‘lov davri (chorak, oy va hokazo) yakunida qo‘yilmaning boshlang‘ich (hozirgi) qiymatiga hisoblanuvchi summani anglatadi.
Qo‘yilmaning o‘sish jarayonida oddiy foiz summasini hisoblashda quyidagi formuladan foydalaniladi:
J = P n i, bu erda
J – investitsiyalashning belgilangan davri uchun foiz summasi;
R – boshlang‘ich qo‘yilma (investitsiya) summasi;
n – investitsiyalash muddati (har bir foiz to‘lovi amalga oshiriluvchi davrlar soni);
i - foiz stavkasi (o‘nli kasr bilan ifodalanadi).
Misol. Quyidagi shartlarga ko’ra bir yil uchun oddiy foiz stavkasini aniqlash kerak bo’lsin: boshlang’ich qo’yilma miqdori -1000 so’m; har chorak to’lanuvchi foiz stavkasi - 20%. Ushbu ko’rsatkichlarni formulaga qo’yib, quyidagiga ega bo’lamiz.