Lizing ta’minoti (Lizing ob’yekti va qo’shimcha ta’minot turi);
Loyiha xususiyatidan kelib chiqqan holda qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Quyidagi holatlarda lizing xizmatlari ko’rsatilmaydi: Zarar bilan faoliyat yuritadigan hamda nolikvid balansga ega bo’lgan tadbirkorlik sub’yektlariga;
Salbiy kredit tarixiga ega bo’lganda;
Qimorxonalar va billiardxonalarni tashkil etishda lizing ob’yektini qo’llash ko’zda tutilgan hollarda lizing xizmatlarini ko’rsatishga yo’l qo’yilmaydi.
Faktoring maqsadi; sanoat korxonalarining debitor qarzlarini to’lab berish;
Miqdori ; talabga asosan
Faktoring muddati ; 3 oygacha (90 kungacha)
Foizi (qayta moliyalashga nisbatdan) ; mijoz va bank o’rtasida kelishilgan holda
Faktoring olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar;
1.Biznes-reja;
2.So’nggi hisobot sanasiga, debitorlik va kreditorlik qarzdorlikni batafsil ochib ko’rsatilishi hamda muddati 60 kundan oshmagan qarzdorlikning solishtirish dalolatnomalarini ilova qilgan holda soliq organi tomonidan va mustaqil auditorlik kompaniyasi xulosasi bilan tasdiqlangan buxgalterlik balansi;
3.Foyda va zararlar haqida hisobot;
4.Pul oqimlari harakati to’g’risida hisobot;
5.Aylanma mablag’lar aylanish tezligining hisob-kitobi;
6.Boshqa kreditorlar qarz mablag’lari va boshqa banklarda saqlanayotgan bo’sh mablag’lar mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotnoma;
7.O’z kapitali bilan boshqa korxonalarni barpo etishda ishtiroki to’g’risidagi ma’lumotlar.