«iqtisodiyot» kafedrasi malakaviy tanishuv amaliyot


Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari bo’limi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə5/14
tarix14.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#155022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
K2-19 Abduraxim

Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari bo’limi. Vazifalar: Savdoiqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni faollashtirish uchun tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish; iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va Respublikada eksport salohiyatini amalga oshirish; bank miqyosida O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish; valyuta operatisiyalarining barcha turlarini amalga oshirishni tashkil qilish; kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, dehqon va fermer xo’jaliklariga eksport bazasini oshirish, import o’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish, ichki bozor talablarini qondirish va yangi texnologiyalardan foydalanish, ichki va tashqi bozorda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun chet el va milliy valyutadagi kreditlar ajratilishi mo’ljallangan investitsiya loyihalarini ko’rib chiqish va ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlash va moliyalashtirishni tashkil etish. Moliyalashtirilgan loyihalar ustidan esa monitoring o’rnatish. Muzokaralar o’tkazish va yozishmalar orqali xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlar o’rnatish, bankka kredit limitini o’rnatish maqsadida bir qator tadbirlar o’tkazish va investitsion loyihalarni moliyalash uchun xalqaro va chet el moliya institutlari kredit liniyalarini jalb qilish, Xalqaro moliya korxonalarining chet el valyutadagi kredit liniyalari bo’yicha kreditlash sxemasini ishlab chiqish, loyihani moliyalashtirish qatnashchilari - xalqaro moliya institutlari bilan o’zaro bog’liq bo’lgan shartnomalarni ishlab chiqish va o’rganish.
Kredit operatsiyalar bo’limi. Vazifalar: kredit resusrlariga va boshqa kredit vositalariga bo’lgan talab va taklifni hisobga olgan holda Bankning kredit siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash; mijozlarining qisqa va uzoq muddatli kredit so’rovnomalarini ko’rib chiqish, salohiyatli qarz oluvchilarning kredit layoqatligini baholash, shuningdek xizmat ko’rsatiladigan mijozlarga ajratilgan kreditlarni monitoring qilish; Qisqa va uzoq muddatli kreditlash jarayoniga tegishli bo’lgan me’yoriy hujjatlar, nizomlar va texnik tartiblarni ishlab chiqishda ishtirok etish. hamda Bankda kreditlash amaliyoti bo’yicha umumiy faoliyatni muvofiqlashtish, bunda mijozlarga kredit ajratish bosqichidan to kredit so’ndirilguncha bo’lgan butun jarayon ustidan nazoratchi funksiyasini bajarib, amaldagi me’yoriy hujjatlar hamda kreditlash tamoyillariga mos holda sifatli va minimal darajadagi xatarga tortilgan bank kredit portfelini shakllantirish, bank uchun kreditlash faoliyatini tashkil etish va unga doir munosabatlarni tartibga soluvchi hamda muvofiqlashtiruvchi asosiy mezon hisoblangan Kredit siyosatini va Kreditlash tartiblarini ishlab chiqish hamda ushbu tartiblar asosida filiallarda samarali kreditlash faoliyatini yo’lga qo’yish,

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin