«iqtisodiyot» kafedrasi malakaviy tanishuv amaliyot


Axborot texnologiyalar bo’limi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə7/14
tarix14.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#155022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
K2-19 Abduraxim

Axborot texnologiyalar bo’limi. Vazifalar: Bankning ichki to’lov tizimlarini hamda hisob-kitoblar teхnologiyasini jahon andozalariga mos ravishda takomillishtirish. Jahon bank tizimi amaliyotidagi ilg’or aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini o’rganish va ularni bank tizimiga tadbiq etish ishlarini tashkil qilish va ularni rivojlantirish. Real vaqt tartibiga asoslangan va hisob-kitoblarning ishonchlilik darajasini oshirishga yo’naltirilgan to’lov tizimini tashkil etish va uni rivojlantirishga oid talablarni ishlab chiqish. Bankning integrallashgan aхborottahliliy tizimini loyihalash, ishlab chiqish va rivojlantirishni tashkil etish. Bank sohasida ishlatiladigan dasturiy vositalarni ekspertizadan o’tkazish va ularning ishini kuzatib borish, elektron ma’lumotnomalar tizimidan foydalanishni ta’minlash, komp’yuter savodхonligi bo’yicha o’quv kurslarini tashkil etish. O’zbekiston Respublikasi aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qo’mitasi va boshqa vazirlik va idoralarning tegishli bo’linmalari bilan uzviy aloqada ishlashni tashkil etish va boshqalar.


3. BANKNING BOSHQA OPERATSIYALARI (LIZING, FAKTORING, TRAST, ANDERRAYTING
VA FORFEITING) NING MAVJUDLIGI VA IMKONIYATLARINI O’RGANISH.

1. Lizing operatsiyalari


  • Lizing oluvchilar: Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan moliyaviy barqaror xo’jalik yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlari

  • Lizing ob’yekti: Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko’char va ko’chmas mulk (yer uchastkalari va boshqa tabiiy ob’yektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo’lishi cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno);

  • Lizing tamoyili: Muddatlilik, maqsadlilik, ta’minlanganlik, to’lovlilik va qaytarishlik;

  • Lizing shartlari: Lizing ob’yektiga bo’lgan mulk huquqi lizing oluvchi tomonidan sotib olingunga qadar lizing beruvchiga tegishlidir

  • Lizing shartnomasining muddati: Lizing shartnomasi Soliq Kodeksining 144moddasi 3-qismida belgilangan amortizatsiya muddatlarini hisobga olgan holda lizing ob’yekti xizmat muddatining 80 foizidan kam bo’lmagan muddatga tuziladi. Fermer xo’jaliklariga hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi mashina-traktor parklariga qishloq xo’jaligi mashinalarini lizingga berish borasidagi lizing shartnomalari 10 yilgacha bo’lgan muddatga tuziladi.

  • Lizing to’lovlarining tarkibi: Asosiy qarz (amortizatsiya ajratmasi), foiz va ko’rsatilgan boshqa xizmatlar uchun to’lov (sug’urta, transport)

  • Foiz stavkasi: Bank tomonidan jalb qilingan resurs manbaidan kelib chiqqan holda mijoz va bank o’rtasida kelishilgan miqdorda


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin