Mablag' qoyilgan muddat davomida o'zgarmaydigan, aniq belgilangan foyda (procent) stavkasi;
Huquqlarning boshqa kishilarga berish imkoniyati;
Sertifikat egasi bevosita bankdan yoki boshqa banklardan kredit ajratilishida sertifikatlangan garov taminoti sifatida foydalanish.
4. TIJORAT BANKINING LIKVIDLIGI VA TO’LOV QOBILIYATINI ANIQLASH Ushbu Siyosat bank aktsiyadorlari va mijozlari, shuningdek kreditorlari oldida qarz va moliyaviy majburiyatlarni o’z vaqtida to’liq bajarish, barqaror faoliyat yuritish maqsadida bankning likvidliligini ta’minlash va samarali boshqarish yuzasidan vazifalarni belgilab beradi.
Bankning likvidliligi – bank tarafidan o’z majburiyatlarini o’z vaqtida bajara olishini samarali boshqarishdir.
Likvidli aktivlar - doimiy ravishda sotiluvchi va sotib olinuvchi aktivlarning alohida turi. Bunday aktivlarga Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’idagi mablag’lar, majburiy zahiradagi mablag’lar, naqd pullar, Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari, qisqa muddatli (etti kungacha) banklararo kreditlar kiradi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESR) davlatlari hukumatlari hamda fond bozori rivojlangan davlatlarning mashhur transmilliy kom’aniyalarining qimmatli qog’ozlari ham yuqori likvidlikka egadir.
Nolikvid aktivlar - bozor narxini aniqlashda mahlum bir jarayon yoki xususiyatlarni hisobga olgan holda sotiladigan aktivlar. Bunday aktivlarning sotilishi yoki bankning ulardan foyda kurishi mushkul masaladir. Bu turdagi aktivlarga, masalan, kreditlar, qimmatli qog’ozlar bozorida kotirovkaga ega bo’lmagan yoki kotirovkasi qiyin bo’lgan qimmatli qog’ozlar, asosiy vositalar va boshqalar kiradi.
Joriy likvidlik koeffitsienti – Markaziy bank tomonidan tijorat banklari likvidligini boshqarish bo’yicha o’rnatilgan iqtisodiy mehyor. Barcha tijorat banklari joriy likvidlik mehyorlarini bajarishlari lozim, ular joriy aktivlarning (to’lov muddati 30 kungacha bo’lgan barcha likvidli aktivlar, bir marta bo’lsa ham muddati uzaytirilgan yoki avval berilgan ssudalarni to’lash uchun, shuningdek qaytarish muddati o’tib ketgan kreditlar bundan mustasno) talab qilib olinguncha va ijro etish muddati 30 kungacha bo’lgan majburiyatlar summasiga nisbati orqali aniqlanadi. Ushbu ko’rsatkich 30% dan kam bo’lmasligi kerak. Bankning likvidliligini ta’minlash va samarali boshqarish quyidagi omillar asosida ta’minlanadi:
a)bank va uning atrofidagi muhitni o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi, aniq ifodalangan va hujjatlashtirilgan likvidlikni boshqarish siyosatining mavjudligi;
b)bank tarkibiy tuzilmalari faoliyatining o’zaro muvofiqlashtirilganligi;
v)bank likvidlilik holatining monitoringi vazifalari yuklangan tarkibiy tuzilmaning mavjudligi;
g)ma’lumotllar bazasini shakllantirish hamda bankning aktiv va passiv holatlarini tahlil qilish uchun axborot tizimining mavjudligi.
Bankning likvidliligini ta’minlash va samarali boshqarish bo’yicha Aktiv va passivlarni boshqarish qo’mitasi faoliyat ko’rsatadi. Qo’mita o’z faoliyatini bankning “Bankning Aktiv va passivlarni boshqarish qo’mitasi to’g’risidagi Nizom”ga asosan amalga oshiradi. Bankning hududiy boshqarmalarida Aktiv va passivlarni boshqarish komissiyasi tashkil etiladi. Bunda Aktiv va passivlarni boshqarish komissiyalari tarkibi
Markaziy a’’aratning Aktiv va passivlarni boshqarish qo’mitasi tarkibidan kelib chiqqan holda tuziladi. Markaziy apparatda G’aznachilik departamenti tomonidan bankning likvidliligini ta’minlash va samarali boshqarish maqsadida:
a)bankning likvidlilik holatini monitoringi olib boriladi;
b)rahbariyatga bankning likvidlilik holati yuzasidan ma’lumotllar taqdim etiladi;
v)tegishli masalalarni likvidlilik qo’mitasida ko’rib chiqish uchun kiritiladi;
g)bankning chorak va yil yakunlari bo’yicha likvidlilik holati yuzasidan masalalar Aktiv va passivlarni boshqarish qo’mitasida ko’rib chiqish uchun taqdim etiladi;
d)bankning likvidlilik holati yuzasidan hisobotlar bank Boshqaruvi hamda
Kengashida ko’rib chiqish uchun ish rejasi asosida taqdim etiladi;
e)bank likvidliligini ta’minlash va samarali boshqarish masalalarida hududiy boshqarmalarga o’z vakolati doirasida amaliy yordam ko’rsatiladi. Bankning likvidliligini ta’minlash va samarali boshqarish maqsadida quyidagi hisobotlar joriy qilinadi:
a)bank aktivlari va majburiyatlari tuzilmasi ;
b)likvidlikni tezkor boshqarish maqsadida hududiy boshqarmalar va filiallarning likvidlilik holatini dastur ta’minoti asosidagi monitoringi yuritiladi.
Bankning likvidliligini samarali boshqarish aktivlar va passivlarni boshqarish, xususan bank balansining aktivli va passivli boshqaruvidan iborat bo’ladi.
Bankning likvidliligi kontse’tsiyasi asosida likvidlikni boshqarishni balanslashtirish tamoyili deb ataluvchi muddatlar, hajm va xavf-xatarlar bo’yicha aktiv va passivlarni boshqarish tamoyili yotadi. Bu o’z navbatida bankka barcha kreditorlar oldidagi o’z majburiyatlarini likvidlik va foydalilikni maqbul chegaralarda saqlagan holda bajarish imkonini beradi. Bankning likvidliligi uchta manba, yahni bank ka’itali, jalb qilingan va joylashtirilgan mablag’larning tarkibiy elementlari bo’yicha tezkor boshqaruv orqali ta’minlanadi.
Bankning balans likvidliligiga aktivlarning tarkibiy tuzilishi ta’sir qiladi va umumiy aktivlarda likvidli aktivlar salmog’ining yuqoriligi, bank likvidlilik darajasining ham yuqoriligini bildiradi. Bank aktivlari, ularning likvidlilik darajasi bo’yicha quyidagi uch guruhga bo’linadi:
a)yuqori likvidli aktivlar (kassadagi naqd pullar, vakillik hisob varag’idagi mablag’lar, Markaziy bankdagi majburiy zahiradagi mablag’lar va davlat qimmatli qog’ozlari (DQQ));
b) pul mablag’lariga aylantirilishi mumkin bo’lgan bank ixtiyoridagi likvidli aktivlar (kreditlar va bank foydasiga yaqin 30 kun ichida to’lanadigan boshqa to’lovlar);
v) nolikvid aktivlar – muddati o’tgan kreditlar va ishonchsiz qarzlar, bankka tegishli bino va inshootlar hamda boshqa asosiy vositalar, shuningdek uzoq muddatli ssudalar va ko’chmas mulklar.
Bankning daromadliligi va likvidliligi bir-biriga o’zaro teskari mutanosiblikda bo’lib, bankning likvidliligini ta’minlash va samarali boshqarish maqsadida ushbu mutanosiblik muvozanatini saqlash, yahni eng maqbul nuqtasini aniqlash lozim.
Bu esa bankning boshqaruviga sifat jahatidan baho beradi.
Likvidli aktivlar quyidagi uch xususiyatga ega bo’lishi lozim:
a)pul mablag’iga zudlik bilan aylanish imkoni, o’z bozoriga ega bo’lishi;
b)barqaror baholarga ega bo’lishi, yahni sotiladigan barcha aktivlarning bahosi bozorda sezilarli o’zgarmasligi;
v)aylana olish qobiliyatiga, yahni boshlang’ich investitsiyalar yo’qotishlarsiz yoki minimal xavf-xatar bilan pul mablag’lariga aylanish imkoniyatiga ega bo’lishi. Likvidlikni boshqarish strategiyasi bank likvidliligini boshqarishning sifat ko’rsatkichlariga asoslanadi.
Likvidlikni boshqarish vositalari bankning o’z ichki imkoniyatlari hisobiga ta’minlash tamoyiliga asoslanadi. Bunda bank aktivlarini muddati va miqdori bo’yicha nomutanosibligini camarali boshqarish, aktiv o’eratsiyalar bo’yicha qarzdorliklarni o’z vaqtida so’ndirish, aktivlar sifatini yaxshilash, bank aktivlarini diversifikatsiyalash, bank resurslari bazasini barqaror resurslar hisobiga mustahkamlash (jismoniy va yuridik shaxslarni bank xizmatiga keng jalb qilish) va boshqa shu kabi omillar asosida ta’minlanadi.
SHuningdek bank likvidliligini ta’minlash, aktiv va passivlarini samarali boshqarish vositalari sifatida quyidagilar ham bo’lishi mumkin:
a)resurslarning muhim va yirik manbasi bo’lib banklararo moliya bozorlari hisoblanadi. Yahni, bankning likvidliligini ta’minlash maqsadida banklararo moliya bozoridan mablag’larni jalb qilish;
b)bankning bo’sh resurslarini banklararo moliya bozorida samarali joylashtirish;
v)bank resurs bazasining barqarorligini ta’minlash va mustahkamlash;
d)uzoq muddatli va jamg’arma depozitlariga resurslarni ko’’roq jalb qilish; ye)davlat qimmatli qog’ozlariga (DQMO), aktsiyadorlik jamiyatlarining yuqori likvidli qimmmatli qog’ozlariga, banklararo kreditlarga qo’yilmalar qilish, shuningdek kassa va vakillik hisobvarag’i qoldiqlarini oshirish yo’li bilan bank likvidliligining yuqori darajasini ta’minlash; yo)yuridik va jismoniy shaxslarga mo’ljallangan depozit sertifikatlarni muomalaga chiqarish; j)bankning likvidliligini samarali boshqarish bilan bog’liq boshqa omillar.
Likvidlikni boshqarishning “balanslashgan yondashish” usuli boshqarishning umumiy strategiyasiga amal qilgani holda, likvidliligini boshqarish muammosini hal etishni quyidagi mavjud bir nechta umumiy yondoshuvlaridan foydalanib, egiluvchan siyosatni amalga oshirishi mumkin: a)aktivlar hisobiga likvidlikni ta’minlash (aktivlarni boshqarish orqali likvidlikni boshqarish); b)pul mablag’lariga talabni asosan jalb qilingan likvidli mablag’lardan foydalanish orqali qondirish (passivlarni
boshqarish orqali likvidlikni boshqarish); v)balanslashgan asosda likvidlikni boshqarish (aktiv va passivlarni boshqarish orqali likvidlikni boshqarish).
Respublikamizdagi barcha tijorat banklari joriy likvidlilik bo’yicha o’rnatilgan me’yorga javob beradi.
ATB Agrobankning moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari va
boshqaruv faoliyati tahlili ma’lumotlaridan foydalanib likvidlik koeffitsienti keltirib o’tamiz. 01.01.2017- yil holatiga 34,1%
01.01.2018 - yil holatiga 8,6% ga o’sgan o’tgan yilga nisbatan.
Hisobot yilining bazis yiliga nisbatan foizda
125,2%
Bu ko’rsatkich ijobiy bank o’z majburiyatlarini o’z vaqtida bekamu ko’st bajara olishini ko’rsatadi.