shu jumladan: 1 va undan ortiq foiz ulushga egalik qiluvchi aktsiyadorlar
2,1
Boshqalar (72437 ta aktsiyador)
7 123
7 123
0,16%
Jami:
4 393 016
4 393 016
100,00%
Jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumkinki aksiyadorlar ichida deyarli 80% ulush bilan O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi o’rin egallagan.
Bank missiyasi - iqtisodiyotning agrar sektorini yanada barqaror rivojlantirish, qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan chuqurlashtirib borish, fermerlik harakatini qo'llab-quvvatlash, uning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, qishloq xo'jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi, zamonaviy raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bo'yicha ilg'or texnika va texnologiyalarni amaliyotga tatbiq qilish hamda ichki bozorni mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan to'ldirishga yo'naltirilgan keng turdagi bank xizmatlarini ko'rsatishdir.
Bankdagi mavjud kredit turlari. Ipoteka krediti. Kredit asosiy ko'chmas mulk bozorida qurilayotgan kvartira, turar-joy binosi yoki boshqa turar joy binolarini sotib olish uchun beriladi.
Foiz stavksi 17-18% , Muddati 20 yil.
Online mikroqarz. Agrobank o'z mijozlariga masofadan turib mikroqarz berish imkoniyatini beradi. Foiz stavkasi 23% , kredit muddat 1 yil, kredit miqdori 5 million so'mgacha. Kredit karta. Kredit karta – alohida bank plastik kartochkasi bo‘lib, bank tomonidan qo‘yilgan limit doirasida mablag‘ ishlatish huquqini beruvchi kreditlashning shakli. Foiz stavkasi 23% , kredit muddat 2 yil, kredit miqdori: O'rtacha 1 oylik daromadning 4 barobari.
Ta’lim krediti. Agrobank o'z mijozlariga ta'lim kreditiga murojaat qilish imkoniyatini taqdim etadi. Foiz stavkasi 23% , kredit muddat 3 yil,kredit miqdori: Shartnomada ko'rsatilgan miqdorda
Fermer, dehqon xo’jaliklari va “Tomorqa xizmati” MCHJ larni kreditlash.Kredit muddat 3 yil,kredit miqdori: BHM 150 barobari.
Xotin – qizlarni qo’llab – quvvatlash jamg’armasi hisobidan kreditlash. Kredit muddat 3 yil,kredit miqdori: BHM 150 barobari.
Aholiga shaxsiy yordamchi xo’jalik faoliyatini rivojlantirishga kredit. Kredit muddat 3 yil, bir yil imtiyozli muddat.