Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə136/158
tarix07.01.2024
ölçüsü0,58 Mb.
#211760
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   158
Mikroiqtisodiyot

MIKROIQTISODIYOT
FANINING

ISHCHI O’QUV DASTURI




Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar soha
Ta`lim sohasi: 110 000 – Pedagogika
T a`lim yo`nalishi: 5111000 – Kasb ta’limi (iqtisodiyot)
NAMANGAN – 2017



Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.

Tuzuvchi: A.Azizov - NamDU, “Iqtisodiyot” kafedrasi o’qituvchisi

Taqrizchi: Q.Umarqulov - NamDU “Iqtisodiyot” kafedrasi
katta o’qituvchisi
Fanning ishchi o`quv dastur “Iqtisodiyot” kafedrasining 2017 yil 29 avgustdagi 1-son yig`ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: K.Sirojiddinov

Fanning ishchi o’quv dasturi Namangan Davlat Universitetining Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti kengashida muhokama qilingan (2017 yil 29 avgustdagi 1-sonli bayonnoma).


Fakultet kengashi raisi: N.Dehqonov

Kelishildi:
O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i: X.Ibrohimov

Kirish
“Mikroiqtisodiyot” fani zamonaviy bozor tizimini qanday ishlashini, bozor narxini shakllanish mexanizmlarini va bozor sub’ektlarining iqtisodiy faoliyatini o’rganadi.
I.A. Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida to’xtalib “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hali-beri davom etayotgan og’ir bir sharoitda iqtisodiyotimizning yanada barqaror rivojlanishini ta’minlash, uni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirishimiz zarur” ligini ta’kidladi.
SHu bilan birga I.Karimov o’zining 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan ma’ruzasida O’zbekiston iqtisodiyoti oldida turgan asosiy vazifalar to’g’risida to’xtalab “2009-2010 yillarga mo’ljallangan inqirozga qarshi choralar dasturini so’zsiz bajarish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir” deb ta’kidladilar. Ushbu masalalarni amalga oshirishda mikroiqtisodiyot fanida o’rganiladigan nazariy masalalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, uning ko’lamini kengaytirish bilan bog’liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini urganishda “Mikroiqtisodiyot” fani muhim ahamiyat kasb etadi.
“Mikroiqtisodiyot” fani bozor iqtisodiyotining nazariy va amaliy tomonlarini o’rganadi. Uning usullari amaliyotda vujudga keladigan iqtisodiy muammolarni aniqlashda, tahlil qilishda va ularning yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu fan fundamental fanlardan biri bo’lib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o’rganishda asos bo’lib xizmat qiladi. “Mikroiqtisodiyot” fani bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning xo’jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yo’llarini nazariy va amaliy tomonlarini urgatadi.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin