"iqtisodiyot" kafedrasi


I Inflyatsiyaning yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/6
tarix06.03.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#86862
1   2   3   4   5   6
global IR

I Inflyatsiyaning yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari

1.1. Inflyatsiyaning mohiyati va uning yuzaga chiqish shakllari


Inflyatsiya XVIII asrning o`rtalarida muomalaga ta`minlanmagan juda ko`p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga chiqqan. Inflyatsiya (lotincha «inflation» so`zidan olingan va shishish, ko`pchish, ko`tarilish ma`nosini anglatadi) o`z mohiyatiga asosan pulning qadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga bo`lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni ta`kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inflyatsiya nisbatan me`yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin.
Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar Bilan tasniflanadi. Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg`arma va iste`mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta`kidlab o`tgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta`sir etishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda iqtisodchi olimlar inflyatsiyaning yuzaga chiqadigan omillar asosan ikki guruhga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar. Biz ushbu omillarning mohiyatini yoritishga xarakat qilamiz.
Ichki omillarni mohiyatiga asosan pullik (monetar) va pulsiz omillarga ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, byudjetning taqchilligini mavjudligi, davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, krdit dastaklarining aylanishini ko`payishi, pul aylanmasining tezligi va boshqalar kiradi. Pulsiz omillarga milliy iqtisodiyot tarmoqlari o`rtasidagi nomutanosiblik, tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalarida monopoliyaning (oligopoliya) mavjudligi, narx shakllntirishdagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va boshqa omillarni kiritish mumkin;
2. Tashqi omillar o`z mohiyatiga asosan biron aniq davlat rivojlanishiga ta`sir etadigan dunyoda amalga oshayotgan jarayonlarni aks etadi. Ushbu omillarga dune mamlakatlarda yuzaga chiqadigan soha inqirozlari hisoblanadigan xom-ashyo, energetika, neft`, valyuta inqirozlarni kiritish mumkin. Ushbu omillardan tashqarii biron-bir davlatning boshqa davlatlarga nisbatan olib boradigan davlat miqiyosidagi valyuta siyosatini, yashirin holatda valyuta, oltinni eksportini amalga oshirilishini ham kiritish mumkin. Biz quyidagi chizmada inflyatsiyani yuzaga chiqish shakllarini tahlil etamiz. Ushbu chizma tahlilidan ko`rinib turibdiki, inflyatsiya asosan uch yo`nalishda
yuzaga chiqadi. Birinchi yo`nalishda maxsulotlar, ishlar va ko`rsatiladigan
xizmatlarga bo`lgan narxlarni asossiz ravishda o`sib ketishi tufayli pul qadrsizlana boshlaydi. Buning natijasida milliy valyutaning xarid qilish qobiliyati tushib ketadi. Ikkinchi yo`nalishda, xorijiy valyutalarga nisbatan milliy valyutanign kursi pasayib ketadi.
1-chizma

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin