Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari.
Inflyatsiya yuzaga chiqish shakllari
Mahsulotlar va
|
|
Milliy pul birligining
|
|
Oltin va xorijiy
|
xizmatlarga narxni
|
|
xorijiy valyutaga
|
|
valyutaning milliy
|
o`sishi natijasida
|
|
nisbatan kursini
|
|
valyutadagi narxini
|
pulning qadrsizlanishi
|
|
Tushishi
|
|
ko`tarilishi
|
|
|
|
|
|
Milliy pul
|
|
Aholi va xo`jalik
|
|
Mamlakat aholisida
|
birligining xarid
|
|
sub`ektlarida xorijiy
|
|
oltinning to`planishi
|
qilish qobiliyatini
|
|
Valyutaning
|
|
(tezavratsiya)
|
Pasayishi
|
|
jamg`arilishi
|
|
|
|
|
|
|
|
B uning natijasida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va mamlakat aholisi erkin muomaladagi xorijiy valyutalari (AQSh dollari, evro, shveytsariya franki va boshqalarni) jamg`ara boshlaydi. Uchinchi yo`nalishda oltinga bo`lgan milliy pul birligida ifodalangan narx ko`tarilib ketadi. Buning natijasida mamlakat aholisi o`rtasida oltinning to`planib qolishi, ya`ni tezavratsiya amalga oshadi.
Inflyatsiya darajasi inflyatsiya darajasini aks ettiruvchi ko`rsatkichdir, bu
inflyatsiya darajasi qanday o`zgargan (ko`tarilib yoki yiqilgan).
Shunday qilib, agar inflyatsiya darajasi yiliga 10 % dan yuqori bo`lsa(yoki oyiga
0,8% )shundan so`ng bunday inflyatsiya sudraluvchi (yoki nisbatan normal ) deb
ataladi. Agar inflyatsiya 20 %dan yuqori bo`lsa, unda inflyatsiya kuchaytiriladi va
juda yuqri (1980 yillarda Lotin Americasi, Janubiy Osiyo mamlakatlarida bunday
o`sish sur`atlari kuzatildi). Inflyatsiya, uning sur`atlari oyiga 50 % dan oshgan va
undan yuqori bo`lgan, giperinflyatsiya deyiladi. Bunday vaziyatda, mamlakat
moliyaviy tizimining standart va qulashi bilan tahdid qila
Har bir mamlakatda inflyatsiya mavjudligi undagi iqtisodiy holatnig yomonlashuviga sabab bo`ladi. Ushbu salbiy holatlar quyidagi yo`nalishlarda yuzaga chiqadi:
Ishlab chiqarish xajmi qisqaradi, chunki narx-navolarning doimiy tarzda tebranib turishi ishlab chiqarishni rivojlantirishga bo`lgan istiqbollarga ishonchni yo`qotishga olib keladi;
Ishlab chiqarish sohasidagi kapital savdo va vositachilik operatsiyalariga oqib o`tishi kuzatiladi. Chunki savdo va vositachilik sohalarida kapital aylanishi tez amalga oshadi va katta foyda keltiradi. Inflyatsiya yuqori bo`lgan davrda aholi o`rtasida puldan qochish holati kuzatiladi, ya`ni kishilar qo`llaridagi pullardan imkoniyat darajasida tezroq sarflashga harakat qiladilar. Ular pullarga turli tovarlar sotib oladilar. Buning natijasida savdo va vositachilik do`konida tovarlar tez sotiladi;
Narx-navoning keskin va notekis o`zgarishi natijasida chayqovchilik kengayadi. Inflyatsiya natijasida tovar tanqisligi (defitsit) yuzaga chiqadi. Ushbu taqchillik narx-navoning keskin ko`tarilishiga olib keladi;
Davlat moliya resurslari qadrsizlanadi. Davlat byudjeti daromadlari byudjet xarajatlari amalga oshirilguncha qadar davrda qadrsizlanadi. Byudjet daromadlari va xarajatlari o`rtasidagi mutanosiblikni saqlash qiyinlashadi va buning natijasida byudjet taqchilligi (defitsiti) yuzaga chiqadi;
Mamlakatda kredit operatsiyalari cheklanadi. Chunki inflyatsiya darajasi tufayli yuridik va jismoniy shaxslarga tijorat banklaridan beriladigan kreditlarning foiz darajasinig yuqori darajada o`rnatiladi. Ushbu salbiy holat ishonchni pasaytiradi.
2-chizma
www.tradeconomics.com
Trading economics tahlilchilar taxminlariga ko`ra O`zbekistonda inflyatsiya darajasi joriy chorak yakuniga qadar 16 foizn tashkil etilishi kutilmoqda. Uzoq muddatli istiqbolda O`zbekistonda inflyatsiya darajasi 20213-yilda 8 foiz atrofida bo`lishi prognoz qilinmoqda.
Inflyatsiyaning eng asosiy ijtimoiy oqibati bo`lib daromadlar va boyliklarni qayta taqsimlanishi amalga oshishi hisoblanadi. Ushbu qayta taqsimlanishi quyidagi omillar natijasida amalga oshadi:
mamlakat aholisining daromadlari indeksatsiya qilinmasligi;
tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar baholar indekslarining o`zgarishini hisobga olinmagan holda berilishligi;
Inflyatsiya shart-sharoitlarida mamlakatda ichki mahsulot va milliy daromad quyidagi yo`nalishlarda qayta taqsimlanadi;
1) Milliy iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari va mamlaat xududlari o`rtasida narx-navoning notekis o`sishi natijasid;
2) Mamlakat aholisi va davlat o`rtasida. Bunda davlat tomonidan muomaladagi ortiqcha pul massasidan qo`shimcha daromad sifatida foydalanadi. Xalqaro amaliyotda bu inflyatsion soliq deb nomlanadi;
Mamlakat aholisining sinflari va turli toifalari o`rtasida. Maxsulotlar va xizmatlarga bo`lgan narx-navoning notekis o`sib ketishi natijasida aholi o`rtasida ijtimoiy toifalarga bo`linishini (boylar, kambag`allar, qashshoqlar), mulkiy holatidagi farqni chuqurlashuviga, jamg`armalar va joriy iste`molning keskin o`zgarishi yuzaga chiqadi. Inflyatsiyaning ijtimoiy salbiy ta`siri eng avvalo qat`iy belgilangan daromadlari oluvchi shaxslar hisoblangan – nafaqaxo`rlar, nogironlar, ko`p farzandli oilalar va davlat xizmatchilari (o`qituvchilar, vrachlar, bog`cha xodimlari va boshqalar) uchun juda og`ir kechadi;
Debitorlar va kreditorlar o`rtasida. Ushbu holatda olingan qarzlarni pul qadrsizlanishi natijasida debitorlar daromad oladi va buning aksi, kreditorlar qo`shimcha zarar ko`radi.
Biz yuqorida keltirgan inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy salbiy oqibatlari qo`shimcha ravishda mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarga ham faol ta`sir ko`rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori mamlakatlar bilan qo`shimcha sug`urta va
turli kafolatlar asosida o`zaro munosablar olib boradilar. Xalqaro amaliyotda ushbu munosabatlar savdoning kamsitilishi yoki diskriminatsiya deb nomlangan. Mamlakat iqtisodiyotiga ayniqsa jilovlanmagan (giperinflyatsiya) juda salbiy ta`sir etadi. Buning natijasida iqtisodiy va ijtimoiy qarama-qarshiliklar keskinlashadi, aholi o`rtasida xukumatga bo`lgan norozilik kuchayadi. Shuning uchun, xukumat qarama-qarshiliklarni ijobiy hal qilish, milliy pul tizimining barqarorlashtirish uchun oqilona ishlab chiqilgan inflyatsiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |