Tashqi iqtisodiy faoliyat siyosati – bu davlat tomonidan xorijiy mamlakatlar bo`lib tashqi iqtisodiy faoliyatni boj-tarif dastaklari yordamida tartibga solib turishdan iboratdir.
Emissiya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan milliy iqtisodiyotning holatiga asosan muomalaga qog`oz pul chiqarish, ularning aylanishini tartibga solish va muomaladagi ortiqcha pullarni aylanmadan chiqarib turishdan iborat siyosatdir.
Dunyoning har bir mamlakatidan xukumat tomonidan antiinflyatsion siyosati mavjud inflyatsiyani tartibga solishga hamda uni o`sish sur`atlarini pasaytirishga qaratilgan bo`lishi lozim. Bunday siyosatni olib borishda asosan ikki shakllardan foydalaniladi:
Pul islohotlarini amalga oshirish;
Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish;
Pul islohotlari – bu mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish va kuchaytirish maqsadida davlat tomonidan mavjud pul tizimini to`liq yoki qisman o`zgartirishlarini amalga oshirishdir. Mamlakatning iqtisodiy rivojlangan holati, pullarning ta`minlanganligi darajasiga asosan pul islohotlarining reval`vatsiya, deval`vatsiya va denominatsiya usullaridan foydalaniladi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan Germaniya Federativ Respublikasi, Isroil va boshqalarda reval`vatsiya usulidan foydalanildi. Reval`vatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan kursini ko`tarib qo`yishdan iborat. Pul islohotining ikkinchi usuli bo`lib deval`vatsiya hisoblanadi. Deval`vatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan tushirib qo`yishdan iborat.
Devalvatsiya usulidan asosan iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda keng foydalaniladi. Pul islohotining uchinchi usuli bo`lib denominatsiya hisoblanadi. Denominatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Turtsiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) xukumatlari foydalanishdi
3-chizma
www.stat.uz
Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o`z mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolarni o`sib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish masadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu chora-tadbirlar ikki yo`nalishda olib boriladi:
Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo`lgan talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi. Deinflyatsion siyosat davlat xarajatlarini qisqartrish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko`tarish) va pul massasini cheklashni o`z ichiga oladi. Shuni ta`kidlash lozimki, deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o`sishni sekinlashuviga sabab bo`ladi;
Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko`rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo`lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ularni o`sishini ma`lum chegarasi o`rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo`yiladi.
Daromadlar siyosati o`zmohmiyatiga ko`ra qat`iy siyosat hisoblanadi va u aholi o`rtasida norozilikni kelib chiqarishi mumkin, lekininflyatsiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda daromadlar siyosatidan foydalaniladi.
Xalqaroamaliyotdarivojlanayotganmamlakatlardainflyatsiyagaqarshikarasholibborishtajribasidabizta`kidlabo`tganikkiyo`nalishdanoqilonabirgalikdafoydalanilgan