"iqtisodiyot" kafedrasi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə5/6
tarix06.03.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#86862
1   2   3   4   5   6
global IR

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa
www.tradeconomics.com
O`zbekistonda inflyatsiya darajasi 2006-yildan 2022-yilgacha o`rtacha 10 foizni tashkil etib, 2018-yilda 20,1 foizni tashkil qilib tarixdagi eng yuqori ko`rsatkichga, 2008-yilda eng past ko`rsatkich 2,4 foizni ko`rsatdi.

2.2 Davlatimizning pulning qadirsizlanishi va inflyatsiyaga qarshi siyosati.


Narxlar barqarorligini ta’minlash va inflatsiyaning sezilarli darajada o‘sishi
xavfining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
va Markaziy banki soliq-budjet va pul-kredit siyosatlarini muvofiqlashtirish
hamda iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni amalga oshirish borasida birgalikdagi
harakatlarni olib borishi zarur:
Soliq-budjet siyosati sohasidagi chora-tadbirlar: umumiy fiskal balans
taqchilligini 2022-yilda 1,5 foizdan oshirmaydigan darajagacha bosqichmabosqich qisqartirib borish;
Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan budjet
intizomiga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni ta’minlash;
taqchillikni moliyalashtirishning tashqi manbalarini, shu jumladan inflatsiya
xavfini tug‘dirmaydigan resurslar hisobiga jalb qilish tartibini belgilash va uni
qonun yo‘li bilan mustahkamlash;
ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yo‘naltirilgan markazlashgan investitsiyalar
samaradorligini oshirish;
soliq ma’muriyatchiligi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish;
soliq intizomiga o‘z vaqtida rioya qilish bo‘yicha javobgarlikni oshirish va soliq
to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash.
Tarkibiy siyosat sohasidagi chora-tadbirlar:
a) ishlab chiqarish va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va
kengaytirish:
ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yoqilg‘i-energetika kompleksini, shu jumladan xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali modernizatsiya qilish;
avtomobil yo‘llarini qurish va xizmat ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikchilik
mexanizmini qo‘llash;
temir yo‘l va havo transporti orqali yuk tashish sohasiga xususiy sektorni jalb
qilishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish;
ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari tarif va narxlarini asosiy tashqi savdo hamda
sayyohlik yo‘nalishlari o‘tadigan boshqa davlatlar darajasidan oshmaydigan
darajagacha tushirish;
logistika xizmatlari, ulgurji savdo va tovarlarni saqlash infratuzilmasi sifatini
oshirish;
b) raqobat muhitini yaxshilash va biznes yuritishning teng imkoniyatlarini
yaratish:
mulk huquqi va tadbirkorlik faoliyati kafolatlarining institutsional asoslarini
mustahkamlash;
raqobatbardosh tovar va moliya bozorlarida faoliyat yurituvchi korxonalar ustav
kapitalida davlat ulushini kamaytirish, shu jumladan tabiiy monopoliyalarning
asosiy faoliyatiga xos bo‘lmagan obyektlarini xususiy sektorga sotish;
monopol korxonalarning narx belgilash bo‘yicha shaffofligini ta’minlash,
inflatsiyaning maqsadlarini hisobga olgan holda o‘rta muddatli istiqbolda tartibga
solinadigan narxlarni (tariflar) erkinlashtirish muddatlarini o‘rnatish;
individual soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, preferensiyalar va imtiyozli kreditlar berish amaliyotini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish;
davlat xaridlari sohasida bozor mexanizmlarini rivojlantirish, ularning shaffofligi
va hisobdorligini oshirish;
narxlarni erkinlashtirish bo‘yicha islohotlarning mohiyati, maqsadi, amalga oshirish bosqichlari va erishilgan natijalarni tushuntirish va asoslash bo‘yicha faol kommunikatsiya siyosatini yuritish;
v) xususiy investitsiyalar oqimining o‘sishi va moliya bozorining rivojlanishi:
qarzlarni moliyalashtirish instrumentlarini kengaytirish;
mahalliy korxonalar aksiyalarini jahon fond maydonlarida birlamchi va ikkilamchi joylashtirish jarayonlarini faollashtirish;
aksiyadorlik kompaniyalarini tashkil etish va tugatish mexanizmini soddalashtirish;
elektr va gaz ta’minoti sohasiga xususiy investorlar hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni raqobat asosida kirishiga imkoniyat yaratish va ularni faol jalb etish;
g) ishlab chiqarish omillari unumdorligini oshirish:
ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga va energiya sarfini pasaytirishga
qaratilgan modernizatsiyalash va texnologik yangilash tarmoq dasturlarini amalga
oshirish;
unumdorlikni rag‘batlantirish hamda sifatni oshirishga qaratilgan davlat
dasturlarini amalga oshirish va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari
ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yer ajratish orqali qishloq xo‘jaligini
rivojlantirish strategiyasini samarali amalga oshirish;
mehnat unumdorligini oshirish va mehnatga munosib haq to‘lash orqali
tarmoqlar tayyor mahsulotlari tannarxi tarkibidagi xarajatlarni optimallashtirish;
xalqaro standartlar va normativlarni joriy etish orqali energiya samaradorligini
oshirish bo‘yicha maxsus tarmoq dasturlarini amalga oshirish;
davlat ulushiga ega korxonalar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oshirish
maqsadida ularning samaradorlik reytingini e’lon qilib borish
Inflyatsiya ayniksa utish boskichida turgan iktisodiyotga juda ogir ta`sir kursatadi.Buning sababi bozor iktisodiyoti yulida goyat muxim kadam bulgan narx-navoni erkinlashtirish, ya`ni narxlar ustidan davlat nazoratini bekor kilish bilan boglangan.Bunday narxlarni erkinlashtirishning kanday natijalarga olib kelishini oldindanok aytib berish mumkin xamisha takchil bulib kelgan
tovarlarning narxlari oshib ketadi.Nima sababdan? Chunki davlat ushbu tovarlarning narxlarini sun`iy ravishda past kilib belgilab kelgan va talab xamisha taklifdan oldinda yurgan yoki xukumat karorlari keltirib chikargan iktisodiy buzilishlar xamda samarasizlik tufayli shu xol vujudga keladi. Agar utish davriga kelganda odamlar kulida kup mikdorda pul tuplanib kolgan bulsa (chunki ularni biron bir kimmatli narsaga sariflashning imkoni bulmagan), inflyatsiya yuki yana xam ogirrok bulishi mumkin.
Shunga karamay, utish davri vaktidagi ana shu mukarrar inflyatsiya xurujining butun mushkilotlari evaziga erishiladigan narsa xam ancha katta buladi.Talab va taklif vositalari davlat zanjirlaridan ozod bulib ishlay boshlashi mumkin.Yukori narxlar talab juda xam kuchli ekanligidan darak beradi va bozor dastlab garchi sekin xamda turtinib bulsa xamki, ishlab chikarishni oshirish bilan javob beradi. Garchi odamlar kulida tuplanib kolgan pullar uz kadrini yukotgan bulsada, ularning kulidagi pullar endi real pul bulib koldi va iste`molchilar dukonlarda paydo bula boshlagan tovarlarni sotib olishlari mumkin. Taklif kupayib borgan sari narxlar barkarorlashadi va navbat yuk bula boshlaydi chunki iste`molchi sotuvda borgan sari kuprok mikdorda xilma-xil maxsulotlar paydo bulayotganligiga ishonch xosil qiladi. Bunday utishning eng muxim joyi shundaki xukumat narx-navoni belgilashdagi uz rolidan voz kechadi va bozor kuchlariga tovarlar va xizmatlarni taklif kilish imkonini beradi. Bunday erkin bozor mustaxkamlangandan keyin inflyatsiya davom etishi mumkin lekin iktisodiy utishning ancha ogir bulgan ilk davridagiga karaganda boshkaraladigan va kamrok xafv tugdiradigan muammo bulib koladi. Pul massasining va narxlar darajasining «semirishi» kupincha bir-biri bilan boglangan va biri ikkinchisi bilan birga yuradi. Chunonchi agar pul massasi kupaygani bilan tovarlar soni kupaymasa, bu xol narxlarning usishiga yoki pulning xarid kobiliyatining pasayishiga sabab bulishi tabiydir va aksincha, narxlar darajasining osishi xujalik agentlarining pulga bulgan talabini oshiradi va shunga muvofik xolda muomiladagi massasi xam kupayadi.
O`zbekiston Respublikasida inflyatsiya – bu nafaqat moliyaviy holatga salbiy ta`sir etuvchi jarayonlardan biri, balki butun jamiyatning iqtisodiy tizimiga shikast yetkazuvchi omildir. Dunyoning har bir mamlakatida inflyatsiya u yoki bu shaklda mavjud bo`ladi. Bozor iqtisodiyotiga o`tuvchi deyarli barcha davlatlarda oxirgi 10 yillikda ishlab chiqarish xajmi sur`atlarining pasayishi, narxlarning o`sishi bilan kuzatilgan. O`zbekiston ham mazkur jarayonlardan istisno bo`lmadi. Mamlakatda kuzatilayotgan inflyatsiya aholi omonatlarining qadrsizlanishiga, real daromadlarning pasayishiga, ishlab chiqaruvchilarda sifatli maxsulotlarni chiqarishga qiziqishlarini pasayishiga olib keldi. Inflyatsiyaning eng achinarli natijalaridan biri – bu investorlarning ertangi kunga ishonchining yo`qolishidir. Bu va boshqa inflyatsiyaviy natijalar iqtisodiy nobarqarorlikni shakllantiradilar. Inflyatsiyani ushlab turish uchun, eng avvalo, uning iqtisodiyot uchun naqadar muhimligini, mexanizm va omillarning harakatga keltirishlarini anglash lozim. Soliq siyosatining inflyatsiyaga real ta`siri. Bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiya mavjudligi tabiyi bo`lgani kabi, mamlakatning «soliq infratuzilmasi»da ham inflyatsiyaning qay darajada bo`lishi olib borilayotgan chora-tadbirlarga bog`liqdir. Xususan, O`zbekiston Respubliksi xukumati tomonidan tayinlangan ma`sul muassasalar (O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bank, O`zbekiston Respublikasi Soliq Qo`mitasi) tomonidan olib borilayotgan barcha iqti o`sish choralari «soliq inflyatsiya» siga qarshi olib borilmoqda. Sababi shundaki, «soliq inflyatsiya»sining dinamik pasayishi sodir bo`lganda quyidagi o`zgarishlar kuzatiladi:
I shlab chiqarish samaradorligi barqarorlashadi, real daromadlar ko`payadi. Demak, soliq to`lovchi xo`jalik yurituvchi sub`eklar xam kupayadi;
H ukumat tomonidan byudjetdan ajratiladigan loyihalarni moliyalashtirish bo`yicha investitsiyalar iqtisod qilinib, ularni real va effektiv moliyalashtirish uchun xususiy sektor jalb etiladi;
Umuman olganda, mamlakatda barcha tovar va xizmat belgilangan yuqori soliq bojxona stavkalari iste`mol va noiste`mol tovar va xizmatlarga belgilangan baholarning o`sishiga olib keladi. Xususan, 2007 yil 11 iyulda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va 2007 yil 17 iyulda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qaroriga muvofiq import tovarlariga belgilangan bojlar turli pozitsiyalarga muvofiq oshiriladi.
Xukumat tomonidan olib borilgan, mazkur chora-tadbirlar maxalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi. O`zbekistonda inflyatsiya pasaymoqda. 2008 yildan boshlab, UzA.Uz tarqatgan ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekistonda inflyatsiya darajasining keskin pasayishi kuzatilmoqda. Bu mutanosib pul-kredit, soliq-byudjet siyosati va iqtisodiyotida ro`y berayotgan tarkibiy o`zgarishlar natijasidir. O`tgan yildan boshlab, davlat byudjeti taqchilligini Markaziy bank kreditlari hisobidan moliyalashning to`xtatilishi ham bu borada muhim omil bo`ldi.
Mazkur holat avvalgi yillarda O`zbekistonda inflyatsiyaning asosiy manbalaridan biri bo`lib kelgan edi. 2008 yilda narxlarning o`sish sur`ati 3,8 % ni tashkil etdi, 2007 yilda bu ko`rsatkich 21,6 % bo`lgan edi. Bu an`ana 2009 yilda ham davom etmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi davlat Statistika Qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 300 nomdagi tovar va xizmatdan iborat iste`mol ehtiyojlari bo`yicha hisoblangan inflyatsiya darajasi butun mamlakat bo`yicha yanvar` –fevralda 0,9 % ni tashkil etadi. Vaholanki, 2008 yilning shu davrida bu ko`rsatkich 4 % ni tashkil etgan edi. Bunga misol tariqasida, O`zbekiston respublikasida xo`jalik yurituvchi sub`ekt sifatida faoliyat ko`rsatayotgan «Paxta Bank»ni keltirishimiz mumkin. Ushbu bank, O`zbekiston xukumati tomonidan tayinlangan ma`sul muassasa Markaziy Bankning belgilab bergan barcha me`yoriy xujjatlari asosida har yili navbatdagi davrga rejalashtirilgan strategiyalar asosida pul-kredit siyosatini ishlab chiqadi. Professional moxirlik bilan ishlab chiqilgan ushbu bankning siyosati uning barqarorligi garovi bo`lib hisoblanadi. Chunki, mamlakatda mavjud inflyatsiya o`sish va milliy valyuta kursining qadrsizlanishi imtiyozli kreditlarning risk darajalarini kuchaytirib yuboradi. «G`alla Bank»da kredit ajratish uchun tashkil etilgan rezerv fondlarning katta qismi milliy valyutada bo`lib mazkur bank mijozlari orasidagi import va eksport operatsiyalarini forvard kurslariga tayangan holda ish yuritishlariga tavsiya etadi.. «Paxta Bank»dagi moliyaviy barqarorlik koeffitsenti va mavjud moliyaviy rezervi tashkil etuvchi pul massasi orasidagi mutanosiblik bir-biriga uzviy bog`liqdir.

5-chizma


www.gazeta.uz
O`zbekiston Markaziy banki 2020-yil 1-yanvardan bosqichma-bosqich inflatsion targetlashrejimiga o`tdi. Inflatsiya darajasi 2021-yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023-yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflatsion maqsadni o`rnatish rejalashtirilmoqda.

Xulosa


Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki, inflyatsiya har qanday davlat uchun xavfli hisoblanadi. Hatto iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar xam inflyatsiya davrida og`ir ahvolga tushub qoladi, shu sababli xam davlatlar undan qochishga harakat qilishadi va inflyatsiya davrida undan qutilishni harqanday choralarini qo`llashga harakat qiladi. Mustaqillik yillarida yurtimizda ham inflyatsiya eng yuqori cho`qqisiga chiqdi. Lekin o`zvaqtida ko`rilgan chora va tadbirlar samarasi bilan oldin ko`rib ish qilish natijasida inflyatsiya darajasi pasayishiga erishildi.
Ammo hozirgi vaqtda ham yurtimizda inflyatsiya biroz yuqori ekanligini etiborga oladigan bo`lsak bu bizga xavflidek tuyulishi mumkin. Lekin shuni etiborga olish kerakki inflyatsiya faqatgina davlatning yomon ahvolda ekanligini bildiribgina qolmay balki uning yaxshi holatda ekanligini xam bildirishi mumkin. Albatta qanday qilib degan savol tug`ulishi mumkin, bunga javoban misolkeltiradigan bo`lsak: misol uchun Qirg`iziston davlatini oladigan bo`lsak uyerdagi inflyatsiyaning yuqorilashishi kam maxsulot ishlab chiqarishdan yoki davlat byudjeti defetsetini qorlash uchun muomalaga ko`p miqdorda pul chiqarish oqibati bo`lishi mumkin. Lekin O`zbekistonni qaraydigan bo`lsak buyerdagi 7-8 % lik inflyatsiya davlat byudjetining katta qismi ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun yo`naltirilganligidan darak beradi. Bu albatta ijobiy inflyatsiya bo`lib vaqtinchalik holat hisoblanadi.
Inflyatsiya sharoitida aholi va tadbirkorlar, pullarining qadrsizlanishidan xavotirlanib, naqd puldan, plastik kartochkadagi va talab qilib olinguncha omonatlardagi mablag‘lardan imkon qadar tezroq qutulib qolishga harakat qiladilar (bu hodisa odatda “puldan qochish” deb ataladi). Natijada pul birliklari muomalasi tezligi ortadi, bu esa, pul massasi ko‘paygandek samarani beradi. Bundan tashqari, ko‘p hollarda sotuvchilar tovarning bugungi kundagi narxiga ertangi inflyatsiyani kiritadilar, ya’ni mahsulotlarini aslidan qimmatroqqa sotishgagina rozi bo‘ladilar. Inflyatsiya xavotiri, avvalo, aholi va biznes davlatning inflyatsiyani jilovlay olishiga ishonmasligiga bog‘liqdir. Shu sababli, inflyatsiyaga qarshi kurash qat’iy, izchil va ochiq bo‘lishi lozim. Faqat shundagina aholi va biznes inflyatsiya xavotiridan voz kechadi, bu esa narx o‘sishiga qarshi kurashning muhim omili bo‘ladiю
Ko‘ramizki, inflyatsiya o‘zini o‘zi yuzaga keltira olish xususiyatiga ega (“maosh–narxlar”, “inflyatsiya–devalvatsiya”, inflyatsiya xavotiri va boshqalar). Shu sababli, inflyatsiyani bartaraf etish uchun, shunchaki pul emissiyasini cheklashning o‘zi yetarli emas. Narx o‘sishining barcha asosiy sabablariga ta’sir ko‘rsatuvchi kompleks choralar tizimi talab etiladi.
Yana bir bor ta’kidlayman: amalga oshirilayotgan islohotlar “uyqusirab” turgan xususiy tashabbus va tishbilarmonlik kuchlarini uyg‘otayotgan, bozor mexanizmlari to‘laqonli ishlay boshlayotgan bugungi kunda inflyatsiyaga qarshi kurashish ayniqsa muhimdir. Kuchli inflyatsiya xususiy tashabbusni va resurslarni ishlab chiqarish faoliyatidan chayqov tomonga burib yuboradi, moliyaviy tizimning omonatlarni investitsiyalarga aylantirish imkoniyatlarini cheklaydi, bozor kuchlarining iqtisodiyotimiz samaradorligini oshirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu sababli ushbu yovuz kuchga qarshi inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi va kuchaytiruvchi turli-tuman omillarning barchasini hisobga olgan holda kurashishga kuch tashlash nihoyatda muhim.
O`zbekiston Respublikasida inflyatsiya – bu nafaqat moliyaviy holatga salbiy ta`sir etuvchi jarayonlardan biri, balki butun jamiyatning iqtisodiy tizimiga shikast yetkazuvchi omildir. Dunyoning har bir mamlakatida inflyatsiya u yoki bu shaklda mavjud bo`ladi. Bozor iqtisodiyotiga o`tuvchi deyarli barcha davlatlarda oxirgi 10 yillikda ishlab chiqarish xajmi sur`atlarining pasayishi, narxlarning o`sishi bilan kuzatilgan. O`zbekiston ham mazkur jarayonlardan istisno bo`lmadi. Mamlakatda kuzatilayotgan inflyatsiya aholi omonatlarining qadrsizlanishiga, real daromadlarning pasayishiga, ishlab chiqaruvchilarda sifatli maxsulotlarni chiqarishga qiziqishlarini pasayishiga olib keldi. Inflyatsiyaning eng achinarli natijalaridan biri – bu investorlarning ertangi kunga ishonchining yo`qolishidir. Bu va boshqa inflyatsiyaviy natijalar iqtisodiy nobarqarorlikni shakllantiradilar. Inflyatsiyani ushlab turish uchun, eng avvalo, uning iqtisodiyot uchun naqadar muhimligini, mexanizm va omillarning harakatga keltirishlarini anglash lozim. Soliq siyosatining inflyatsiyaga real ta`siri. Bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiya mavjudligi tabiyi bo`lgani kabi, mamlakatning «soliq infratuzilmasi»da ham inflyatsiyaning qay darajada bo`lishi olib borilayotgan chora-tadbirlarga bog`liqdir. Inflyatsiyaning eng asosiy ijtimoiy oqibati bo`lib daromadlar va boyliklarni qayta taqsimlanishi amalga oshishi hisoblanadi. Ushbu qayta taqsimlanishi quyidagi omillar natijasida amalga oshad

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin