Iqtisodiyot nazariyasi barcha iqtisod fanlarining nazariy – uslubiy poydevori va davlat iqtisodiy siyosatining ilmiy asosi



Yüklə 45,86 Kb.
səhifə4/9
tarix04.10.2023
ölçüsü45,86 Kb.
#152126
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iqtisodiyot nazariyasi

Tahlil va sintez usuliTahlil – bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o‘rganish. Sintez – bu o‘rganilgan 
qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab 
umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu yo‘l bilan 
o‘rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab beriladi. 
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida 
tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini 
taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. 
Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai-nazardan emas, shu bilan 
birga asosiy ichki zarur qonuniy bog‘lanishlar bo‘yicha ham tahlil qilinadi. 
Foydalanilayotgan usullar ichida eksperiment ma’lum o‘rin egallaydi, 
iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning 
inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirish paytida eksperiment alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish, ya’ni ilmiy tajriba, 
eksperiment o‘tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo‘nalishlarni 
ishlab chiqish talab etiladi. 
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo‘shib olib borish
Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona va 
firmalarning ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy sub’ektlarning xatti-harakati, 
xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va 
boshqa resurslardan foydalanishning, narxtashkil topishining, ish haqi to‘lashning, talab va taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini o‘rganish markaziy o‘rin tutadi. 
Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta’minlash asosida milliy 
iqtisodiyotning to‘laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug‘ullanadi. Milliy 
mahsulot, bahoning umumiy darajasi, inflyatsiya, ishchi kuchining ish bilan 
bandligi masalalari bu tahlil ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va 
makroiqtisodiyot o‘zaro bog‘langan va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. 

Yüklə 45,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin