Iqtisodiyot nazariyasi barcha iqtisod fanlarining nazariy – uslubiy poydevori va davlat iqtisodiy siyosatining ilmiy asosi



Yüklə 45,86 Kb.
səhifə7/9
tarix04.10.2023
ölçüsü45,86 Kb.
#152126
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iqtisodiyot nazariyasi

Turkiya 
Respublikasi bilan 
munosabatlar 
strategik 
darajaga olib chiqilgan. Oʻzbekiston — Turkiya munosabatlarini har tomonlama mustahkamlash va rivojlantirish Oʻzbekistonning yangi tashqi siyosiy yoʻnalishiga toʻliq 
muvofiqdir. Bunda turk xalqi bilan til, din, anʼanalar va urf-odatlarning 
umumiyligi oʻzaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga 
asoslangan hamkorlikni har tomonlama chuqurlashtirish va kengaytirish uchun mustahkam poydevor yaratadi. 19-20-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon taklifi bilan ushbu mamlakatga rasmiy tashrifi strategik munosabat faollashuvining yorqin dalolati boʻldi. Oʻzbekiston dunyo siyosati va iqtisodiyotida eng muhim rollardan birini oʻynayotgan Xitoy Xalq Respublikasi bilan yaqin regional qoʻshni va doʻstona davlat sifatida strategik hamkorlikni mustahkamlamoqda. Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama munosabatlar masalalarining 
butun majmui boʻyicha strategik hamkorlikni mustahkamlashda xuddi shunday 
yutuqlar kuzatilmoqda. Bevosita Koreya investitsiyalari va ilgʻor texnologiyalarini, 
imtiyozli kreditlarini faol jalb qilish hamda sanoat, energetika, infratuzilma, 
avtomobilsozlik, fan va innovatsiyalar, sogʻliqni saqlash va turizmni rivojlantirish sohalarida yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun moliya-texnik yordam koʻrsatilishi mamlakatimiz manfaatlariga javob beradi. 
Oʻzbekistonning Misr, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arablar 
Amirliklari, Kuvayt, Qatar, Oʻmon, Bahrayn, Iordaniya, Jazoir va boshqa Yaqin Sharq mamlakatlari bilan munosabatlari tubdan yangi darajaga chiqmoqda. Shuni qayd etish kerakki, Yaqin Sharq mamlakatlari bilan oʻzaro foydali va har 
tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash Oʻzbekistonning 
tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoladi. 
Oʻzbekistonning yangi tashqi siyosiy yoʻnalishi mamlakatning regional va xalqaro tashkilotlardagi oʻzaro hamkorligi faollashuvida va pozitsiyalari mustahkamlanishida namoyon boʻladi. 

Yüklə 45,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin